group-telegram.com/Akademnashr/2555
Create:
Last Update:
Last Update:
BIR MUARRIXGA XASTA SO‘NET
Og‘zingga tupurgan shaytoni la’in,
Pul desa, o‘zingni tomdan otasan.
Kimlarga qahhorsan, kimlarga mayin,
Tarixni buzasan, iymon sotasan.
Burning ostidadir yuhonafas jarlik,
Mushukdek suykanib, itdek hurasan.
Kimlarni aldaysan qilib o‘jarlik,
Yolg‘onning ustinda bazm qurasan.
Yolg‘on yem tortasan, axir yigitsan,
Ko‘rib ketdi Azroil qamatayin,
Ortiqcha tirnoqsan, ortiqcha etsan,
Izingda izing yo‘q, so‘zingda tayin.
Sen hali kuchuksan, havaskor itsan,
Ammo quturgan it bo‘lishing tayin.
2001
RAUF PARFI
Xarid: www.group-telegram.com/akademsavdo
📚 @akademnashr
BY “Аkademnashr” nashriyoti

Share with your friend now:
group-telegram.com/Akademnashr/2555