Telegram Group Search
📸 Guliston shahrida «Yil ayoli» milliy tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
👍1
❗️#Diqqat

Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

Joriy yilning 31-oktabr kuni «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan «Alpomish» podstansiyasida T-2 hamda «Lazzat» podstansiyasida T-1 transformatorlarida ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Shu sababli, Guliston shahrining Namuna, Sayqal, Bahor va Ibratli mahallalari hududida soat 9:00 dan 17:00 gacha bo'lgan vaqtda elektr ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

«Iste’molchilardan barcha ehtiyot choralarini ko'rishlarini so’rab qolamiz», - «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Sirdaryo — Fujian: hamkorlikning yangi bosqichi

Bugun Sirdaryo viloyati rahbari Erkinjon Turdimov Xitoyning Fujian muzofotida qator yirik kompaniyalar Fujian Minyijia New Building Material, Pan Pan Food, Sichuan Kindafu Door, Zhejiang Kelu Nukler, Fujian Road and Bridge Construction hamda Fujian Zhanda korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

👉 Batafsil

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Sirdaryo.uz
Эркинжон Турдимов Чжао Лун билан учрашув ўтказди


Бугун Сирдарё вилояти раҳбари Эркинжон Турдимов Хитойнинг Фужиан музофоти губернатори Чжао Лун билан расмий учрашув ўтказди.

Учрашувда икки томонлама ҳамкорликни янада кенгайтириш, инвестициявий ва саноат соҳаларида истиқболли лойиҳаларни амалга ошириш масалалари атрофлича муҳокама қилинди.

Чжао Лун Сирдарё вилояти билан ҳамкорлик қилиш учун барча имкониятлар мавжудлигини таъкидлаб, Фужиан томони бу йўналишдаги ташаббусларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлашга тайёр эканини билдирди.

Учрашув конструктив руҳда ўтиб, икки ҳудуд ўртасидаги амалий алоқаларни янги босқичга кўтариш бўйича келишувга эришилди.


———

Эркинжон Турдимов провёл встречу с Чжао Луном


Сегодня глава Сырдарьинской области Эркинжон Турдимов провёл официальную встречу с губернатором китайской провинции Фуцзянь Чжао Луном.

В ходе переговоров стороны подробно обсудили вопросы дальнейшего расширения двустороннего сотрудничества, а также реализации перспективных инвестиционных и промышленных проектов.

Чжао Лун отметил, что существуют все возможности для развития партнёрских отношений с Сырдарьинской областью, и выразил готовность фуцзяньской стороны всесторонне поддерживать инициативы в этом направлении.

Встреча прошла в конструктивной атмосфере. По её итогам достигнута договорённость о выведении практических связей между двумя регионами на новый уровень.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Mahallamiz ichki yo‘llari tekis va ravon bo‘lmoqda

Sirdaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati Davlat muassasasiga ko'ra, 2025-yilda viloyatimiz mahallalarida taʼmirlangan ichki ko‘chalar masofasi quyidagicha:

▪️Guliston shahrida — 25,5 km;
▪️Yangiyer shahrida — 20,7 km;
▪️Shirin shahrida — 5,3 km;
▪️Boyovut tumanida — 39,7 km;
▪️Guliston tumanida — 45,7 km;
▪️Mirzaobod tumanida — 43,8 km;
▪️Oqoltin tumanida — 36,8 km;
▪️Sayxunobod tumanida — 52,6 km;
▪️Sardoba tumanida — 28,3 km;
▪️Sirdaryo tumanida — 52,3 km;
▪️Xovos tumanida — 62,5 km.

Bu esa o'z navbatida mahallalardagi yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq mavjud muammolar bartaraf etilishiga — yog‘in-sochinli kunlarda aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

👉 @SirdaryoMahalla
1🔥1🤝1
🌦 O'zgidromet: O‘zbekistonga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi

Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

▪️3-5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

▪️4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
#Adliyadan_qulaylik

Guliston shahar Davlat xizmatlari markazida ID-kartani rasmiylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi


Endi fuqarolar ID-karta olish uchun Guliston shahar Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan tez va qulay tarzda foydalanishlari mumkin.

▪️ID-karta berish uchun 366 680 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.
▪️Agar ariza my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda yuborilsa, to‘lov miqdori 330 012 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, Guliston shahar Davlat xizmatlari markazida mazkur xizmat eksterritoriallik tamoyili asosida ham ko‘rsatiladi. Ya’ni, fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, Markazda ID-karta rasmiylashtirish imkoniyatiga egadirlar.

Mazkur qulaylik fuqarolarga vaqtni tejash, navbat kutish holatlarini kamaytirish va davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada samaradorlikka erishish imkonini beradi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
2🔥2🤔1
Forwarded from Sirdaryo.uz
Сирдарё делегацияси Фужианнинг етакчи саноат корхоналарида бўлди


Хитой Халқ Республикасининг Фужиан музофотида бўлиб турган вилоятимиз делегацияси бугун қатор йирик корхоналарда бўлди. Ташриф доирасида ишлаб чиқариш жараёни билан танишилди.

Дастлаб делегация аъзолари Snowkey Group компаниясида бўлиб, катта ҳажмли музлатгичлар учун компрессор ва двигателлар ишлаб чиқариш лойиҳаси билан танишишди. Компания маҳсулотлари Хитойнинг турли минтақалари ҳамда хорижий бозорларга экспорт қилинади.

Шунингдек, Hoardsun Technology Group корхонасида учрашув ўтказилиб, замонавий технологиялар ва саноат ускуналарини ишлаб чиқариш соҳасидаги ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинди.

—————

Делегация Сырдарьи посетила ведущие промышленные предприятия Фуцзяни


Делегация Сырдарьинской области, находящаяся с визитом в провинции Фуцзянь (Китайская Народная Республика), сегодня ознакомилась с деятельностью ряда крупных промышленных предприятий.

Первым пунктом программы стало посещение компании Snowkey Group, где представители делегации познакомились с проектом по производству компрессоров и двигателей для крупногабаритных холодильных установок. Продукция компании поставляется как на внутренний рынок Китая, так и за рубеж.

Затем делегация посетила предприятие Hoardsun Technology Group, где состоялась встреча, на которой обсудили перспективы сотрудничества в области производства современных технологий и промышленного оборудования.
2025/10/31 05:18:53
Back to Top
HTML Embed Code: