Telegram Group Search
#informatics #olympiad

INFORMATIKA FANIDAN OLIMPIADA

👨‍💻 25-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika fanidan olimpiada bo‘lib o‘tdi.

🖥 Olimpiadada o‘quvchilar 5 ta contest topshiriqlarini bajarib, o‘zlarining dasturlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqa jarayoni qiziqarli va raqobatbardosh ruhda o‘tdi.

🌟 Olimpiadada faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz! Eng yuqori natija ko‘rsatgan g‘oliblar tez orada e’lon qilinadi.
_
IT-School Presidency
6
📣IT SCHOOL PRESS jamoasiga qo'shiling! 📣

Bizning jamoamiz kengaymoqda va biz yangi, ijodkor va motivatsiyaga ega bo'lgan yoshlarni izlayapmiz!

🧑‍💻 Vakansiyalar:

Social Media Manager
Photograph
Copywriter

⚠️ Talablar:

Ijodkorlik, yangi g'oyalarga ochiqlik
Mas'uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyati

⚡️ Qanday murojaat qilish kerak:

@photo_aka

Arizalar qabul qilish muddati: 10.10.2025

Agar siz ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermoqchi bo'lmasangiz va biz bilan rivojlanishni xohlasangiz, darhol murojaat qiling! 🌟
❤‍🔥3
#presidency_team #recruitment #secretacy

📢 E’LON!

📝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "Presidency" jamoasi kotibiyati yangi a’zolarni qabul qilmoqda!

✍️ Agar siz tartib-sevarligingiz, mas’uliyatingiz va jamoada ishlash qobiliyatingiz bilan maktabimizdagi rasmiy hujjat ishlarini yuritib, yuridik faoliyatni rivojlantirishga hissa qo‘shishni xohlasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🌐 Mas’uliyat va aniqlik bilan ishlaydigan, maktab hayotida faol bo‘lishni istagan barcha sinf o'quvchilari ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish uchun ushbu havola orqali 5-oktyabrgacha ro‘yxatdan o‘ting.
_
IT-School Presidency
42👏2
#survey #feedback

PRESIDENCY FEEDBACK

📊 IT-School Presidency faoliyatini yanada takomillashtirishda sizning fikrlaringiz hal qiluvchi ahamiyatga ega.

🌟 Har bir fikringiz biz uchun qimmatli — aynan sizning mulohazalaringiz asosida keyingi tashabbuslarimiz shakllanadi.

📝 So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z hissangizni qo‘shing: So‘rovnomani to‘ldirish
_
IT-School Presidency
😍211
#chess #competition

SHAXMAT MUSOBAQASI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha sinflar o‘quvchilari uchun shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi!

📅 Sana: 2-oktyabr
🕒 Vaqt: 15:10
📍 Joy: 4-qavat, informatika xonalari

‼️ Eslatma! Musobaqaga 5 daqiqadan kechikkan ishtirokchilar musobaqadan chetlashtiriladi.

🏆 Musobaqada yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilar maktab terma jamoasiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: Havola
_
IT-School Presidency
8❤‍🔥22👍2
#IT #case #hackathon

IT CASE HACKATHON - LUMORA

👨‍💻 28-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari, hamda universitet jamoalari o‘rtasida Lumora loyihasining Toshkent shahridagi hackathoni bo‘lib o‘tdi!

🖥 Tadbir jarayonida o‘quvchilar hamkor loyihalar tomonidan berilgan muammoga kuchli innovativ yechimlar shakllantirishdi, va yechimlar startap mutaxassislari hamda Venchur Kapital mentorlari tomonidan ko‘rib chiqildi. G‘olib bo‘lgan jamoa hududlararo respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🌟 Hackathonda faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
_
IT-School Presidency
❤‍🔥10🐳32🔥2
2025/10/21 18:47:53
Back to Top
HTML Embed Code: