group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1190
Last Update:
NumLock tugmasini doimo yoqib qo'yish
#info
ℹ️ NumLock - asosan klaviaturaning o'ng qismida joylashgan raqamlarning boshida bo'ladi. Uning vazifasi esa o'zidan pastda joylashgan raqamlar funksiyasini belgilash. Agar NumLock yoniq bo'lsa raqamlar teriladi, agar aksi bo'lsa faqatgina yo'nalish (strelka) ko'rsatilgan tugmalar ishlaydi.
🤨 Har safar kompyuterimni yoqganimda NumLock'ni bosib keyin parolni terib kirishdan charchadim va shu tugmani doimo yoqib qo'yish yo'lini topdim. Quyida shuni o'rganamiz:
1️⃣ Win+R
ni bosib regedit
buyrug'ini kiritib OK
ni bosamiz;
2️⃣ Kirilgan oynadan HKEY_USERS/.DEFAULT/Control Panel/Keyboard manzilini topamiz va InitialKeyboardIndicators ga ikki marta bosamiz. Pastda chiqgan "Значение" joyiga operatison tizimimizdan kelib chiqib quyidagi belgilardan birini kiritamiz:
⚡️Windows XP:
0 - Barchasini o'chirish;
1 - Faqatgina CapsLock yoqiladi;
2 - Faqatgina NumLock yoqiladi;
3 - NumLock va CapLock yoqiladi;
4 - Faqatgina ScrollLock yoqiladi;
5 - ScrollLock va CapsLock yoqiladi;
6 - ScrollLock va NumLock yoqiladi;
7 - Yoqilganlar yoqiladi (Включены включить).
⚡️Windows 7, Windows 8:
2147483648 ni 2147483650 ga o'zgartiramiz (Menda Windows 7 bo'lgani uchun shu belgini kiritdim va ishladi).
⚡️Windows 10:
80000002
❗️Bu majburiy amal hisoblanmaydi, mendaqa dangasalar uchun kerakli narsa. Biror nimani ortga qaytarish uchun siz o'zgartirishdan oldingi belgilarni kiritishni o'zi yetarli. Sinashdan so'ng kompyuterimga hech qanday zarar yetmadi.
©️ vindavoz.ru
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Guruh / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1190