group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1205
Last Update:
Общедоступная (umumiy) va частная (xususiy) tarmoqlar
#info / #internet
ℹ️ Windows 10'da foydalanuvchilar tarmoq profilini tanlashlari mumkin: umumiy yoki xususiy. Tizimning avvalgi versiyalarida, birinchi ulanganda tarmoq turini ko'rsatish kerak edi: uy (домашняя), ish (рабочая) yoki jamoat (общественная).
🌐 Umumiy (ommaviy yoki mehmon) tarmoq - joriy tarmoq profili kompyuterni tarmoqdagi boshqa qurilmalardan yashiradi. U printer va fayllarni almashish uchun ishlatilishi mumkin emas.
😎 Shaxsiy (uy yoki ish) tarmoq - uy yoki ish kabi ishonchli tarmoqni tanlang. Bunday holda, kompyuterni printer yoki fayl almashish uchun ishlatish mumkin.
❗️Agar siz tarmoqqa birinchi ulanishda noto'g'ri profilni tanlagan bo'lsangiz, uni o'zgartirishingiz mumkin.
✅ Windows 10
Buning uchun Sozlamalarni ochish uchun Win+I tugmalarini bosing. "Сеть и Интернет" bo'limidan "Состояние" ni tanlab "Свойства" ga kiramiz va kerakli profilni tanlaymiz. (rasmni 1-qismi)
✅ Windows 7
"Пуск" → "Панель управления" → "Сеть и Интернет" ning ostidagi "Просмотр состояния сети и задачи" ga kiramiz. "Просмотр активных сетей" maydonidagi kerakli tarmoqni topamiz va ostidagi profilga kirib, keraklisini tanlaymiz. (rasmni 2-qismi)
©️ Комп для чайника & ip-calculator.ru
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1205