group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1487
Last Update:
Kompyuter ekranini skrinshot qilish (rasmga olish) usullari
#info / #media / #windows
ℹ️ Skrinshot - bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnishidagi nusxasini olish (kompyuter ekranini rasmga tushirish). Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi.
1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn
(Prt Sc
) tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy (Paint, Word, Telegram) ga CTRL+V
tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.
2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT+PrintScrn
bosiladi. Qolgani, yana o'sha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.
3. Ekranni xohlagan joyini nusxasini olish (Windows 10'da tekshirildi).Win+Shift+S
tugmalari bosiladi va kerakli soha (joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohadan foydalanish mumkin.
4. "Ножницы" dan foydalanishWin+R
ga snippingtool buyrug'ini kiritish orqali osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Skrinshot qilganingizdan so'ng kerakli joyga saqlaysiz (💾).
5. Maxsus dasturlardan foydalanish
Kanalimizda skrinshot qilish uchun quyidagi dasturlar joylangan:
- FastStone Capture 8.0
- Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
- ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi
©️Akmal Xudayberganov & KA
📌 Mavzuga oid postlar:
• Media bo'yicha postlar
• Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1487