Telegram Group & Telegram Channel
📡 Uyda ishlatish uchun Wi-Fi router tanlaymiz
#info / #internet

Bunda biz nimalarga e’tibor berishimiz kerak?

💡 Wi-Fi ishchi chastotasi –hozirgi kunga kelib bozorda ikki turdagi ommaviy simsiz qurilmalar mavjud: 2,4 GGs va 5 GGs chastota.
Birinchisi, avvaldan ishlab chiqarilgan qurilmalarda chastota diapazonini belgilagan bo’lsa, ikkinchisi, hozirgi kundagi zamonaviy wi-fi routerlardagi chastota diapazonini belgilab beradi. Agar siz ko’p qavatli uyda yashaydigan bo’lsangiz, taassufku, qo’shni honadonlarda ham wi-fi qurilmalari o’rnatilgan bo`ladi. Ular xam 2,4 GGs chastotada ishlaydi deylik. U holda qo'shni qurilmalar va xonadondagi boshqa elektr anjomlar chiqarayotgan chastota sizning 2,4 GGs chastota diapazonli Wi-Fi qurilmangizning signalini biroz bo'lsa ham so'ndiradi.

Agar xovli uyda yashaydigan bo'lsangiz sizga chastota diapazoni uncha qiziq bo'lmaydi. Ko'p qavatli uylarda 5 GGs chastota diapazonli Wi-Fi routeridan foydalanish maqsadga mufoviq. Ammo, masalani ikkinchi tomonini esdan chiqarish kerak emas: 5 GGs chastota diapazoni ta’sir doirasi 2,4 GGs'nikiga nisbatan kichikroqdir.

💡Wi-Fi standarti – Bu 802.11 n/g/a/c standartlardir. 21 asrning so’nggi 10 yilligida ishlab chiqarilayotgan Wi-Fi routerlar Wi-Fi 802.11 ac standartiga javob bera oladi.

💡Antenna uzatish quvvati – odatda Wi-Fi routerlarda antenna qurilmani ichiga yoki tashqarisiga o'rnatilgan bo'ladi.
Agar siz bir xonali uyda istiqomat qilsangiz, sizga dizayn jihatdan chiroyli va antennasi qurilmani ichiga o'rnatilgan router qo'l keladi.
Agar siz yuqorida aytib o'tganimizdek ko'p qavatli uyda, yoki hovlida istiqomat qilsangiz, tashqi o'rnatilgan antennaga ega router olganingiz afzal. Bunda standart antennalarning uzatish quvvati 5 dB'ni tashkil etadi. Ba’zi Wi-Fi qurilmalarda standart antennalari burab yechib olinadigan ko'rinishda yasaladi. Sababi, standart signal quvvati pastlik qilganda, katta quvvatli (7, 12, 24 dB'li) antennalarni o'rnatish mumkiin bo'ladi.

💡Ma’lumot uzatish tezligi – bu tezlik siz Wi-Fi routerni qanday chastota diapazonida ishlatishingizga bog’liq. Albatta, turli qurilmalarda uning tezligi ham turlicha bo’lishi mumkin. Lekin ko'pgina brend ishlab chiqaruvchilarda, 2,4 GGs chastota diapazonida 450 Mbit/s tezlikkacha, 5 GGs chastota diapazonida 1300 Mbit/s tezlikkacha yetishi mumkin. Albatta siz uyingizda bir nechta qurilmalarni bitta routerga ulab, kata xajmdagi ma’lumot almashish niyatingiz bo’lmasa, arzonroq va xamyonbop 300Mbit/s uzatish tezligi atrofidagi Wi-Fi routeri olganingiz ma’qul.

💡Lan-portlarning mavjudligi va ularning tezligi – xonadoningizda smartfon, planshet va laptoplardan farqli o’laroq statsionar kompyuter ham ishlatsangiz, Wi-Fi routerning LAN – portlari mavjudligi qo'l keladi. Ular yordamida siz barcha simli va simsiz qurilmalarni yagona taqmoqda
birlashtirib, o'zaro ma'lumot almashish, umumiy kataloglardan foydalanish va multiplayer o'yinlarni o'ynashingiz mumkin bo'ladi.

💡ISPning sizga beradigan internet texnologiyasi bilan mutanosibligi, Wi-Fi router tanlaganingizda uning oddiy dustup nuqtasi(Точка доступа) boэlib qolmasligiga e'tibor bering. Chunki ISP provayderlar PPOE, IPoE, DHCP kabi ulanish turlarini qo’llay oladilar. Uy sharoitida foydalanishga aksariyat provayderlar PPOE ulanishli texnologiyasini taklif etadilar. IPoE texnologiyasi static IP manzil talab qilinganda beriladigan texnologiya hisoblanadi.
DHCP – esa, o'z – o'zidan ma’lum, avtomatik tarzda ip manzil tarqatiluvchi tarmoqlarda foydalaniladi.

☝️ ISP provayder bilan ulanish nuqtasi Wi-Fi routerning WAN porti orqali amalga oshiriladi.
ADSL turdagi Wi-Fi routerlarda bu port RJ11 konnektorli telefon liniyasi orqali ulanadi, optik kabel kirib kelgan binolarda WAN port RJ45 konnektorli ethernet kabeli orqali ulanadi.

©️Akmal Xudayberganov

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat

group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1550
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1550

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Following this, Sebi, in an order passed in January 2022, established that the administrators of a Telegram channel having a large subscriber base enticed the subscribers to act upon recommendations that were circulated by those administrators on the channel, leading to significant price and volume impact in various scrips. In the United States, Telegram's lower public profile has helped it mostly avoid high level scrutiny from Congress, but it has not gone unnoticed. NEWS The Security Service of Ukraine said in a tweet that it was able to effectively target Russian convoys near Kyiv because of messages sent to an official Telegram bot account called "STOP Russian War." Individual messages can be fully encrypted. But the user has to turn on that function. It's not automatic, as it is on Signal and WhatsApp.
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American