Telegram Group & Telegram Channel
Ma'lumotlarni qayerda uzoq vaqt saqlash lozim?
#tavsiya / #info

ℹ️ Hozirgi paytda ma'lumotlar deganda elektron shakldagi fayllar tushuniladi. Demak, biz, fayllarni qayerda saqlashim lozimligi haqida bosh qotirishimiz lozim.

Qanday fayllarni uzoq vaqt saqlash talab etiladi?
● O'zingiz, farzandlaringiz, ota-onangiz, xullas yaqinlaringizning foto va video fayllari.
● Har xil marosimlar: to'y, yubiley, musoboqalar, seminar, konferensiya, diplom himoya...
● Siz yoqtirgan film, musiqa, klip va boshqalar.
● Hujjatlar, arxiv ma'lumotlar, statistik ko'rsatkichlar va h.k.

Nimalarni saqlash lozimligi haqida bilib oldik, endi bu fayllarni qayerda saqlashimiz mumkinligi haqida qisqacha:

1. HDD (vinchester, qattiq disk). Hamma foydalanadigan saqlash qurilmasi. Bu qurilma unchalik ishonchli emas, tuzilishi mexanik ko'rinishga ega bo'lganligi sababli, biroz mexanik ta'sir natijasida ishdan chiqishi mumkin.
Agar bu qurilmadan uzoq vaqt saqlash vositasi sifatida foydalanmoqchi bo'lsangiz, kerakli fayllarni yozib, shu vinchesterni kompyuterdan uzib, biror xavfsiz joyga qo'yib qo'ying, shunda siz taxminan 3-10 yil saqlashga erishishingiz mumkin.

2. SD, USB fleshkalar. Bu qurilmalar vaqtinchalik saqlovchi hisoblanadi, biror joydan ikkinchi bir joyga olib borishda ishlatiladi. Ishlash davomiyligi ham katta emas, taxminan 5 yil, lekin oldinroq buzilish ehtimoli juda katta.
Tashqi USB saqlash qurilmalaridan ham foydalanish mumkin, lekin yuqoridagi gap, bir marotaba yozib, keyin xavfsiz joyga qo'yib qo'yish lozim, shunda siz uzoqroq vaqt saqlashga erishishingiz mumkin. Shu orqali to'yim video va foto fayllarini mana 9 yildan beri saqlamoqdaman.

3. Bulutli xizmatlar (Облачные хранилища). Har xil yirik kompaniyalar: Google, Yandex, Microsoft taqdim etayotgan, ma'lum hajmli, internet orqali saqlanuvchi xizmatlar. Bularning eng asosiy kamchiligi, siz qachon bu saqlovchi joydan mahrum bo'lishingizni hatto taxmin ham qilaolmaysiz. Sizga hech qanday bog'liqlik joyi ham yo'q, eng yomoni sizning shaxsiy fayllaringiz, ikkinchi bir odam ajratgan joyda saqlanadi.

4. CD/DVD disklar. Shular eng ishonchlisi hisoblanadi, ha ishanavering. Aynan CD/R, DVD/R deb yozilgan disklar, ya'ni bir martta yozishga mo'ljallangan disklar. Albatta, 2 yoki 5 ming so'mga sotib olgan "болванка" disklar emas, balki o'z saqlovchi idishiga ega, ma'lum brand nomiga ega (Verbatim, Sony) bo'lgan va idishida 100 yilga kafolat beradiganlaridir. Bir marotaba yozasiz va o'z idishiga solib, quyosh tushmaydigan va qattiq sovuq va qattiq issiq bo'lmaydigan joyga qo'yib qo'yasiz va 100 yil saqlashingiz mumkin bo'ladi.

📀 O'zimning arxiv ma'lumotlarim, mana 10 yildan beri shunday disklarda muammosiz saqlanib kelinmoqda. Men bilgan joylarda, shunday diskda 20 yildan beri saqlanmoqda. Bu saqlash vositalardan tashqari yana lentalarda, har xil kassetalarda ham saqlash mumkin, odatda bunday saqlash vositalaridan katta hajm bilan ishlovchi tashkilotlar foydalanishadi.

☝️Juda kerakli fayllar bo'lsa, ularni bir necha nusxalarda va bir necha joylarda saqlang, saqlash joyingizni haroratiga, xavfsizligiga va changlardan uzoqda joylashganligiga e'tibor bering. ©️@planetait

Siz kerakli fayllaringizni uzoq vaqt qayerda saqlaysiz?

📌 Mavzuga oid postlar:
Eng yaxshi bulutli xotira! O'zaro solishtiramiz!
Fayllarni bulutga ishonamizmi? Bulutli xotira (cloud storage) nima?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
👍1

group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1834
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1834

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

In view of this, the regulator has cautioned investors not to rely on such investment tips / advice received through social media platforms. It has also said investors should exercise utmost caution while taking investment decisions while dealing in the securities market. The company maintains that it cannot act against individual or group chats, which are “private amongst their participants,” but it will respond to requests in relation to sticker sets, channels and bots which are publicly available. During the invasion of Ukraine, Pavel Durov has wrestled with this issue a lot more prominently than he has before. Channels like Donbass Insider and Bellum Acta, as reported by Foreign Policy, started pumping out pro-Russian propaganda as the invasion began. So much so that the Ukrainian National Security and Defense Council issued a statement labeling which accounts are Russian-backed. Ukrainian officials, in potential violation of the Geneva Convention, have shared imagery of dead and captured Russian soldiers on the platform. "There are several million Russians who can lift their head up from propaganda and try to look for other sources, and I'd say that most look for it on Telegram," he said. In this regard, Sebi collaborated with the Telecom Regulatory Authority of India (TRAI) to reduce the vulnerability of the securities market to manipulation through misuse of mass communication medium like bulk SMS. Ukrainian forces have since put up a strong resistance to the Russian troops amid the war that has left hundreds of Ukrainian civilians, including children, dead, according to the United Nations. Ukrainian and international officials have accused Russia of targeting civilian populations with shelling and bombardments.
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American