group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1835
Last Update:
Klaviaturangizning barcha tugma(knopka)lari ishlamoqdami?
#info
ℹ️ Kompyuter klaviaturasi uncha munchaga buziladigan qurilma emas, lekin shunday bo'lsa ham biror texnik holat yoki suyuqlik to'kilishi oqibatida ba'zi knopkalari ishlamay qolishi mumkin.
Bu holatda klaviatura knopkalarini ishlashini online tekshiradigan xizmat mavjud:
1. Klaviaturangiz yozishini ingliz tiliga o'tkazing.
2. Biror brauzer oching, misol uchun Chrome.
3. http://key-test.ru/ saytiga kiring.
4. Sayt sizga klaviatura rasmini taqdim etadi, bu rasmga qarab klaviaturangizni har bir knopkasini bosib chiqing va rasmdagi holat orqali knopkalar ishlash yoki ishlamasligini ko'ring.
Saytdagi klaviatura knopkalari 3 xil holatda bo'ladi:
- oq, klaviaturangiz knopkasini bosib qo'yvorgan holat (demak ishlamoqda).
- havorang, siz knopkani bosib turibsiz.
- shaffof, hali bu knopka bosilmadi (bosgan bo'lsangiz, demak bu knopka ishlamayapti).
☝️Online xizmat, yangi klaviatura sotib olganda, uning barcha knopkalari ishlashini tekshirib olishda ham foydali. ©️@planetait
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1835