group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1974
Last Update:
Windows o'rnatib bo'lgandan so'ng qilinadigan ishlar
#info / #windows
ℹ Windows 7 yoki Windows 10 o'rnatishingizdan qat'i nazar quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz kompyuteringizni yanada yaxshiroq va to'liqroq ishlashiga ta'sir qiladi. Bu ishlarni deyarli barchasini o'zim Windows o'rnatganimdan so'ng ham amalga oshiraman.
1⃣ Drayverlarni yangilang. Windows yangi bo'lishiga qaramasdan undagi drayverlarning sizga keraklilari eski yoki umuman bo'lmasligi mumkin. Shunday ekan doimo Windows o'rnatgandan so'ng albatta drayverlarga vaqt ajrating. Ba'zan Win o'rnatilgandan keyin ekranni "yoqimsiz" ko'rinishiga drayverlar aybdor bo'ladi.
2⃣ Antivirus o'rnating. Win o'rnatilgandan so'ng kompyuter toza bo'ladi. Ushbu tozalikni saqlash uchun antivirus kerak.
3⃣ Ortiqcha dasturlarni o'chiring & kerakli dasturlarni o'rnating. Ortiqcha dastur - Windows o'rnatganda o'rnashadigan hech kim ishlatmaydigan dasturlar. Kerakli dastur - o'zimiz uchun faqat kerakli dasturlar.
4⃣ Avtozagruzkadagi ortiqcha dasturlarni o'chiring. Kerakli dasturlarni o'rnatgandan so'ng ko'pchiligi avtozagruzkaga kirib olishadi.
5⃣ Fayllarni ochadigan dasturlarni belgilash. .mp3 larni AIMP, .mp4/.avi larni GOM Player va h.k lar tartibida belgilab chiqamiz. Bunda qaysi turdagi faylni qaysi dastur ochishi nazarda tutilyapti.
6⃣ Dasturlarning yuklash papkalarini o'zgartiring. Telegram va brauzerlar orqali yuklangan fayllar asosan C diskdagi Downloads papkasiga tushadi, bu esa C diskni to'lib qolishiga sabab bo'ladi.
🤗Bu eng kerakli deb bilganlarim. Qolganini o'zingizni ehtiyoj/xohishingizga qarab belgilashingiz mumkin.
P.S. Yuqoridagi aytilganlar bo'yicha kanalda video va ma'lumotlar mavjud, ularni ataylab belgilamadim. Sababi izlanishni o'rganishimiz kerak 😉.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1974