group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/2790
Last Update:
Tizimdagi disk harfini o‘zgartiramiz
#info / #tizim
ℹ️ Faraz qiling, siz yuklanuvchi fleshka yordamida Windows'ingizni qayta o‘rnatdingiz va ushbu jarayon yakunlanib, tizimdagi Проводник (Этот компьютер, WIN
+
E
) fayl menejeri dasturiga murojaat etganingizda Windows lokal C diskiga o‘rnatilganiga, yuklanuvchi fleshka D diski harfini egallaganiga va yangi tizimni o‘rnatish oldidan harfi D bo‘lgan lokal disk uchun endi E harfi tayinlanganiga guvoh bo‘ldingiz deylik.
Yuklanuvchi fleshka tizim o‘rnatib bo‘linganidan keyin sizga kerak bo‘lmaydi, disk harflarining esa alfavit tartibida joylashganiga barchamiz odatlanganmiz, bu holatda quyidagicha yo‘l tutishimiz mumkin:
1️⃣ Yuklanuvchi fleshkangiz band etib turgan disk harfi, ya’ni D harfini boshqa disk uchun qo‘llay olishingiz uchun uni tizimdan “Извлечь” qilgan holda USB-razyomidan ajratib oling.
2️⃣ Vazifalar panelidagi “Пуск” tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Управление дисками” bandini tanlang.
3️⃣ Kerakli disk ustiga yana bir bor sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Изменить букву или путь к диску” bandini tanlang.
4️⃣ “Изменить...” tugmasiga bosgan holda boshqa disk harfini kiriting (E diski uchun shunda fleshka ortidan bo‘shagan D harfi tayinlanadi).
5️⃣ Agarda shaxsiy kompyuteringizda CD/DVD'larni o‘quvchi diskovod mavjud bo‘lsa, katta ehtimol bilan uning ham harfi odatiy E harfidan F harfiga o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Buni ham yuqorida keltirilgan ko‘rsatmaga muvofiq alfavit tartibidagi mos keluvchi boshqa harfga o‘zgartirishingiz mumkin. ©️@itspecuz
▶️ Quyida ushbu post bo'yicha batafsil video qo'llanma berilgan.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/2790