group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/709
Last Update:
Onlayn yoki oflayn?
#tavsiya
ℹ️ Keling bugun onlayn va oflayn ta'lim haqida gaplashamiz. Bu suhbatimizda biror kasb (dasturlash, til va h.k) larni o'rganish uchun qaysi usulda ta'lim olish yaxshi ekanligi haqida bo'ladi.
🌐 Onlayn ta'lim olishda siz masofadan turgan holatda bilim olasiz va bunda sizga birorta qurilma (smartfon yoki kompyuter) va internet bo'lsa yetarli. Ushbu ta'lim olish usulining ham bir qancha afzallik va kamchiliklari mavjud.
✅ istalgan vaqtda ta'lim olish mumkin, ortiqcha xarajatlar (yo'l kira, turar joy ijarasi va h.k) dan holi, ba'zan cheklanmagan vaqt davomida ta'lim olish mumkin (o'qituvchi bekor bo'lsa va u dars berishdan charchamasa), istalgan hududdan turib bilim olish imkoniyati va boshqalar.
✖️ nazorat bo'yicha muammo bo'lishi mumkin (dangasalik), o'rgatilayotgan narsalarni yaxshi tushina olmaslik, yaxshi internetning zarurligi va boshqalar.
👨🏫 Oflayn ta'limda esa siz biror o'quv markaziga borgan holda ta'lim olishingiz mumkin. Bunda sizga daftar va ruchkani o'zi yetarli. Bu usulning ham bir qator ustunlik va kamchiliklari mavjud.
✅ Tartibli ta'lim olish imkoniyati (ustoz tomonidan doimiy nazorat), guruhdoshlar bilan fikr almashish (buni onlaynda ham amalga oshirish mumkin, lekin yuzma-yuz suhbat boshqacha bo'lsa kerak).
✖️ cheklangan va aniq belgilangan rejimda dars olish (kasal bo'lish, ishtiyoq bo'lmasligi ahamiyatsiz), ortiqcha harajatlar va boshqa sabablar.
📌 Har ikkala usulni ham tadbiq etish o'rganiladigan sohaga ham bevosita bog'liq bo'lishi mumkin. Bundan tashqari ba'zi o'quv markazidagi ustozlar onlayn ta'limda yaxshi dars berolmasligi mumkin.
💭 Keling bu bo'yicha Siz o'z fikringizni bildiring, Siz uchun qaysi usul ma'qul?
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/709