group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/797
Create:
Last Update:
Last Update:
NVIDIA GeForce videokartasi nomlanishi haqida
#info / #videokarta
ℹ️ Hozirda eng ko'p tarqalgan videokarta aynan NVIDIA kompaniyasiga tegishli, shu sababli bu videokarta markirovkasi bilan tanishib chiqamiz.
NVIDIA quyidagi seriyadagi videkartalarni ishlab chiqaradi:
GeForce
TitanMen bu postda, GeForce videokartasi sonlar va harflari nimani anglatishini yozib o'taman, misol uchun GeForce GTX 1060, GeForce GT 430, GeForce GTX 1060 Ti va h.k.
Quadro
Tesla
Videokarta nomida dastlabki nom quyidagicha bo'lishi mumkin:
GT - bu nom bilan ishlab chiqariladigan videokartalar biroz kuchsiz va hamyonbop hisoblanadi, hujjatlar bilan ishlash, internet titkilash va oddiy o'yinlar uchun mo'ljallangan.
GTX - o'yinlar uchun mo'ljallangan, biroz qimmatroq videokarta markasi.
Bu nomdan keyin, sonlar boshlanadi, misol uchun GTX 1060 yoki GTX 780, dastabki sonlar uning avlodini(поколение, seriya) bildiradi, GTX1060 - bu 10-avlod, GTX 780 esa 7 avlod videokartalari.
So'ng, sonlar boshlanadi, GTX1060, bu sonlar avlodlarning keyingi versiyalari hisoblanadi, qanchalik katta bo'lsa, shuncha yengi va ishlashi kuchliroq hisoblanadi.
Shundan so'ng, yana harflar boshlanadi, misol uchun GeForce GTX 1080 Ti, bu harflar quyidagilarni anglatadi:
M - Mobil videokarta, ishlashi(mahsuldorlik) biroz kuchsiz.
X - Mobil videokarta, kuchli seriya hisoblanadi.
LE - mobil videokartalardan ham biroz pastroq unumdorlikka ega.
Ti - zavod tomonidan kuchaytirilganlikni bildiradi.
Yuqoridagilardan tashqari RTX yadroga ega videokartalar hamma mavjud, GTX o'rniga RTX yoziladi. Qisqa aytganda, RTX GTX modelga qaraganda kuchli, RTX yangi Turing nomli mikroakxitektura asosida yaratiladi. Bu arxitekturada, modullar soni ko'roq, sun'iy intellekt imkoniyati qo'shilgan va nur tarqatish yangi bosqichga olib chiqilgan. Narx jihatidan ham RTX seriya GTX'ga qaraganda qimmat.
☝️Bu qisqa ma'lumot, lekin videokarta sotib olishda sizga ancha yordam beradi.
© IT Planeta
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/797