group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/892
Last Update:
Foydalanilgan noutbuk sotib olishda nimalarga ahamiyat berish zarur?
#info / #xarid
ℹ️ Albatta, hamma narsani yangisi yaxshi, lekin shunday vaziyatlar ham bo'ladiki, siz foydalanilgan narsa sotib olishingizga to'g'ri keladi.
Foydalanilgan, demak ma'lum vaqt ishlagan, shu ma'lum vaqtda siz sotib olayotgan jihoz qay darajada zararlangan, shuni bilish eng asosiy narsa hisoblanadi.
☑️ Ushbu postda ma'lum vaqt ishlagan noutbuk sotib olayotganingizda, nimalarga ahamiyat berishingiz kerakligini yozib o'taman. Eng avvalo, ushbu turdagi noutbukni sotib olishda, uni tekshirish uchun taxminan 1 soatcha vaqt talab qiling, agar Windows tizimi o'rnatilgan bo'lsa, 30 daqiqa ham yetadi.
⏳ Demak, sizda 30 daqiqa bor, shu vaqt ichida quyidagilarni tekshirib chiqing:
1. Tashqi ko'rinishi. Hech qanday qirilgan, mexanik zarar yetgan yoki biror suyuqlik to'kilgan qismlari mavjud emasmi, diqqat bilan kuzatib chiqing.
2. Akkumulyator. 30 daqiqa ichida, ushbu noutbukni maksimal darajada ishlating va akkumulyator ketishiga ahamiyat bering, juda tezlikda zaryad kamaysa, demak ushbu noutbuk uzoq vaqt ishlatilgan yoki akkumulyatoridan noto'g'ri foydalanilgan. Akkumulyator haqidagi ma'lumotni ushbu postda o'qishingiz mumkin.
3. Razyomlar. Noutbukda mavjud har bir USB, HDMI, CardReader, RG45 hattoki o'chirib-yoqish tugmalarini birma-bir tekshirib chiqing.
4. Modullar. WiFi, Bluetooth, ovoz chiqarish, mikrofon, Veb kamera modullarini tekshirib chiqing.
5. Klaviatura. Klaviaturaga biron bir suyuqlik to'kilgan yoki mexanik ta'sir bo'lgan bo'lsa, ba'zi tugmalari ishlamay qolishi mumkin. Barcha tugmalarni qanday tekshirish haqida, ushbu postda o'qing.
6. Touchpad. Odatda ko'p bosiladigan chap tugma yaxshi ishlamay qoladi, shunga ahamiyat bering.
7. Ekran. Ekranda qandaydir hiraliklar yoki ishlamaydigan piksellar bo'lishi mumkin, bularni qanday tekshirish kerakligi haqida ushbu postda o'qing.
8. Modeli bo'yicha tekshirish. Noutbuk modelini aniqlang (Win+R→msinfo32) va shu model asosida internet orqali qanday xarakteristikalarda chiqarilganini tekshirib solishtiring. Shu tariqa, qo'shimcha resurslar qo'shilgan yoki kamaytirilgani haqida bilib olasiz.
9. Noutbuk xarakteristikalari bilan tanishing. Sizga aytilgan barcha resurslar joyidaligiga ahamiyat bering. Noutbuk haqida axborot olish uchun AIDA dasturi yoki Win+R→msinfo32 utilitasidan foydalanish mumkin.
10. Resurslarni tekshirish. Resurslar, ya'ni vinchester(HDD), protsessor(CPU), tezkor xotira(RAM)larni tekshirishning eng foydali yo'li, ularga yuklama berish, biror kuchliroq o'yin yoki dasturni ishga tushirib resurslarni qiynang, agar qandaydir hid yoki qotib qolish holatlari paydo bo'lsa, demak ularda muammolar bor.
P.S. Yana bir narsa, yuqoridagilar bilan qandaydir muammo topsangiz, skidka talab qiling va kamida 1 oy kafolat berishini so'rang.
© IT Planeta
📌 Ishlatilingan kompyuterni sotib olishda HDD, protsessor va boshqa qurilmalarini turli dasturlar bilan tekshirib ko'rish va yana qancha muddat ishlab berishini tahmin qilish uchun turli metodlar mavjud. Ushbu metodlar bo'yicha videodarsimizni kuting...
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/892