group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1055
Last Update:
Kanalimizdan yuklangan arxivlarni arxivdan chiqarishda muammolar kuzatilyaptimi?
#info
🗒 Kanalimizdan yuklagan arxivlarni arxivdan chiqarishingizda xatoliklar kuzatilishiga quyidagilar sababchi bo'lishi mumkin:
- faylni to'liq yuklamagansiz yoki bir joydan boshqa joyga ko'chirishda to'liq o'tmagan (telefonda yuklab kompyuterga tashlashda shunday bo'lishi mumkin);
- arxivdan chiqarish paytida antivirus yoniq bo'lgan (agar dastur crack versiya bo'lsa arxiv ichida antivirus "yoqtirmaydigan" fayllar mavjud bo'ladi va shu sababli ham arxivdan chiqarishda muammo kuzatilishi mumkin) + yechimi antivirusni vaqtincha o'chirib turish.
Unutmang! Windows Defender ham antivirusdek funksiyalarga ega va uni arxiv bilan ishlashga ta'siri bo'lishi mumkin. Yaxshisi uni Windows 10 Spy dasturi bilan "jo'natib yuboring";
- sizdagi WinRAR eski versiyada mendagi yangi bo'lishi mumkin. Menda hozirda WinRAR 6.0 o'rnatilgan va barcha fayllarni shunda arxivlayman, agar sizda biroz eskiroq versiya bo'lsa muammo bo'lishi mumkin.
🔜 Nasib qilsa arxiv fayllar bilan ishlashda kuzatiladigan xatoliklar va muammolar haqida alohida video e'lon qilamiz.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1055