group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1542
Last Update:
HTTP ni HTTPS qanday farqi bor?
#info / #internet
ℹ️ Agar eʼtibor bergan bo'lsangiz internetdagi baʼzi saytlar http, boshqalari esa https bilan boshlanadi.
🔹 HTTP - bu internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalarini tavsiflovchi protokol. U brauzerga veb-sahifalarni yuklash, serverga esa foydalanuvchi saytga kiritgan ma'lumotni olishga yordam beradi.
🔸 HTTPS — bu ham huddi http'dek protokol, lekin xavfsizlik sozlamalari mavjud.
🌐 HTTP'da ma'lumotlar odatiy holda, HTTPS — shifrovkalangan holda uzatiladi. Maʼlumotlarni shifrlash xakerlarni maʼlumotlarni o'qimasligi uchun amalga oshiriladi.
✅ HTTPS orqali ishlaydigan veb-saytga biror maʼlumot kiritilganda, brauzer ma'lumotni serverga yuborishdan oldin ma'lumotlarni shifrlaydi. Shifrini ochish va o'qish uchun sizga faqat serverda saqlanadigan maxsus kalit kerak. Ushbu shifrlash kriptografik shifrlash deb ataladi. Hatto firibgar ma'lumotni qo'lga kiritsa ham, uni o'qiy olishmaydi.
© @pcTeapot
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1542