Telegram Group & Telegram Channel
HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?
#info

ℹ️ Dastlab, qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlaydi ko'rib chiqamiz:

HDD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq (жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan va bu metal disklar aylanishi hisobiga diskdagi ma'lumotlar o'qiladi.

SSD - ma'lumot saqlashda elektrga bog'liq bo'lmagan qattiq (твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U ma'lumotlarni flesh hotiralarda saqlaydi va mikrosxemalardan tashkil topgan. Fleshkaning ishlash prinsipiga o'xshaydi, lekin undan tezroq va ishonchliroq.

Endi ularning farqlarini ko'rib chiqamiz:

📌 Tezlik. SSD HDD diskka qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo'lmaydi hammasi mikrosxemalarda bajariladi.

📌 Narx. HDD arzonroq, lekin SSD narxlari ham tushib bormoqda.

📌 Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat (tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo'lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta (o'zimda ham bo'lgan), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin biroz ishonchliroq.

📌 Shovqin. HDD disklarda metal listlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda listlar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.

📌Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HHD disklarda esa metal listlarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.

📌 Hajm. Hajm bo'yicha ikkalasida ham muammo bo'lmasa kerak, har xil variantlari bor, lekin HDD'da variant ko'proq.

📌 Form faktor (tashqi ko'rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o'lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish ham qulay.

📌 Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta'sirlar bo'lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklar ma'lum bir marotabagacha yozish va o'qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, asosan serverlarda bu chegara muhimroq.

Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi biri kerakligini yozib o'taman:

Gaymerlar, ma'lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta kim o'z kompyuterida tez ishlashni xohlasa ular uchun SSD yaxshi variant.

Katta hajmdagi video, kinolar saqlovchilar, arxiv ma'lumotlar bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma'lumotlarini saqlovchilar, asosan offis ishlari bilan shug'ullanuvchlar uchun ma'lumot saqlashda HDD'dan foydalanish mumkin.

Optimal variant, aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun SSD qo'yib, qolganiga HDD qo'ysa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD qo'yib, qolgan dasturlarni HDD'ga yozish mumkin, bular endi o'zingizning fantaziyangizga bog'liq.

🦅 SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'da yuklanadigandan 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.

☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, agar pulingiz bo'lsa istalgan odam uchun SSD qulay, bunda bitta farq ma'lumotlar bazasi bilan ishlashda biroz o'ylash kerak (serverlarda), chunki SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.

©️Akmal Xudayberganov

📌 Mavzuga oid postlar:
HDD vs SSD
Kompyuterga oid qo'shimcha maqolalar
Kompyuter foydalanadigan xotira turlari
SSD bilan nimalar qilib bo'lmaydi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
👍2

group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1630
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1630

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

As such, the SC would like to remind investors to always exercise caution when evaluating investment opportunities, especially those promising unrealistically high returns with little or no risk. Investors should also never deposit money into someone’s personal bank account if instructed. 'Wild West' The perpetrators use various names to carry out the investment scams. They may also impersonate or clone licensed capital market intermediaries by using the names, logos, credentials, websites and other details of the legitimate entities to promote the illegal schemes. The Security Service of Ukraine said in a tweet that it was able to effectively target Russian convoys near Kyiv because of messages sent to an official Telegram bot account called "STOP Russian War." However, the perpetrators of such frauds are now adopting new methods and technologies to defraud the investors.
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American