group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1651
Last Update:
Безопасный режим (xavfsiz rejim) dan chiqish yo'llari
#dastur / #tizim
ℹ️ Безопасный режим (xavfsiz rejim) dan chiqib ketishning ham bir qancha usullari mavjud. Bu rejimda kompyuterning ko'pchilik komponentlari ishga tushmagani uchun odatiy chiqib ketish yoki perezagruzka foyda bermasligi mumkin. Agar siz yuqorida berilgan fayllardan foydalanib yoki o'zingiz mustaqil holda "Безопасный режим" ga kirgan bo'lsangiz, ushbu rejimdan chiqib ketishni ham yo'llarini o'rganib qo'ying.
Ushbu rejimdan chiqib ketishni yo'llarini 2 ga bo'lib olamiz:
1️⃣ Odatiy "Безопасный режим" dan chiqish (SafeMode.vbs
);
2️⃣ Faqatgina buyruqlar satri ko'rinadigan "Безопасный режим" dan chiqish (SafeModeCommandPrompt.vbs
).
1️⃣ Odatiy "Безопасный режим" dan chiqib ketish:
Win+R -> msconfig -> "Загрузка" - "Параметры загрузки" dagi "Безопасный режим" ni oldidagi belgini olib tashlaymiz (✅) -> OK -> perezagruzka qilamiz.
⚠️ Perezagruzka berish uchun: Ctrl+Alt+Delete -> o'ng burchakdagi qizil tugmachani strelkasiga bosamiz va perezagruzkani tanlaymiz.
2️⃣ Faqatgina buyruqlar satri ko'rinadigan "Безопасный режим" dan chiqish
Bunday holatda yuqoridagi ketma-ketlik bilan ushbu rejimdan chiqish qiyin, chunki bunday holatda faqatgina buyruqlar satri ishlaydi. Lekin buning ham yo'li mavjud 😉: CMD oynasiga quyidagi buyruqni kiritamiz: bcdedit /deletevalue {current} safeboot
va Enter tugmasini bosamiz, keyin esa perezagruzka beramiz.
✅ Ushbu usullar tekshirib ko'rilgan.
📌 Mavzuga oid postlar:
• Командная строка (cmd) nima?
• "Безопасный режим" ga o'tish uchun yorliq yaratish + arxiv fayl
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1651