group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1766
Last Update:
CV tayyorlash uchun Android dasturi
#info / #hujjatlar
ℹ️ CV va rezyume tayyorlaydigan bir qancha saytlar mavjud. Biroq ularda yaratilgan CV ni saqlab (yuklab) olishda muammolar kuzatilishi mumkin. Lekin keyinroq muammolarsiz CV va rezyume yaratsa bo'ladigan saytlar ro'yxatini e'lon qilamiz. Hozircha esa android uchun yaratilgan bir yaxshi dastur bilan tanishamiz.
📲 Resume Builder App Free CV maker CV templates 2021
Ushbu dastur yordamida asosan ingliz tilidagi CV'larni yaratishingiz va hech qanday qiyinchiliklarsiz tayyor hujjatni PDF ko'rinishida yuklab olishingiz mumkin. Dastur ishlashi uchun internet kerak emas.
1️⃣ Dasturni o'rnatamiz va Create joyiga kiramiz.
2️⃣ CV'da aks etishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni to'ldirib chiqamiz. Qaysi bo'lim nima ma'lumot berishini lug'atlar yordamida aniqlab olasiz 😉.
3️⃣ Kerakli ma'lumotlarni kiritganimizdan so'ng, 👁 View CV joyiga kirsak bizga ALL (barcha shablonlar) I Professional (professional) I Modern (zamonaviy) shablonlarda bizning ma'lumotlarimiz aks ettirilgan CV'lar ko'rsatiladi. Shulardan o'zimiz uchun yoqganini tanlab yuklab olamiz.
❓Nega aynan ingliz tilida CV tayyorlaydigan dastur kanalga joylanyapti?
CV'ni asosan xorijiy korxona va tashkilotlar so'raydi (shaxsiy xulosam). Davlat tashkilotlari esa ko'pincha obektivka so'rashadi (shaxsiy tajribam).
🔜 Keyinroq CV va rezyume'ning farqi haqida fikr yuritamiz. Ko'pincha ular bir hujjat hisoblanadi deyishadi. Shu o'rinda savol nega unda nomlari turlicha 🤪
🤔 Sizningcha CV va rezyume'larning qanday asosiy farqlari mavjud?
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1766