group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1778
Last Update:
Program Files (x86) va Program Files papkalarining qanday farqi bor?
#info
ℹ️ Dastlab Windows faqat 32 bitli versiyada mavjud bo'lgan. Unda faqat Program Files papkasini bo'lgan. Ushbu papka o'rnatilgan dasturlarda bajariladigan fayllar va ma'lumotlarni saqlash uchun mo'ljallangan joy hisoblanadi.
🔹 Windows'ning 64-bitli versiyalarida 64-bitli dasturlar Program Files papkasiga o'rnatiladi. Biroq, Windows'ning 64-bitli versiyalari ham 32-bitli dasturlarni qo'llab-quvvatlaydi va Microsoft 32-bit va 64-bitli dasturlarning bir joyda aralashishini istamaydi. Shuning uchun Program Files (x86) papkasida 32 bitli dasturlar o'rnatiladi.
🔶 Shunday qilib, 32-bitli Windows'da faqat Program Files papkasi mavjud. 64-bitli Windows'da 64-bitli dasturlar Program Files papkasida va 32-bitli dasturlar Program Files (x86) papkasida saqlanadi. Odatda dastur fayllari Program Files yoki Program Files (x86) da saqlanishi muhim emas. ©️@pcTeapot
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1778