group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1818
Last Update:
Windows 10 tizimida, havola (ссылка) larni qaysi brauzerda ochishni o'rnatamiz
#info / #internet
ℹ️ Ko'pchilikda bo'lgan holat, siz Windows tizimida Chrome brauzeridan foydalanasiz, sizga yoqadi, hamma saytlar yaxshi ochiladi, lekin telegram orqali biror havolaga kirsangiz, havola Internet Explorer yoki Microsoft Edge brauzerida ochadi, bu holat sizga rosaaa yoqadiku a).
Aytishingiz mumkin, "menga farqi yo'q ochilaversin, qaysi brauzerda bo'lsa ham" deb, Edge'da ochilsa mayli, agar Explorer'da ochilsa bormi, saytni boshi va oxirini topaolmaysiz, ko'p saytlar juda beo'xshov ochiladi.
Agar, Edge'da ochilsa yaxshi ochilishi mumkin, lekin ochilgan saytdan, keyingi saytga, undan keyin keyingisiga o'tib ishlashni davom ettirsangiz, Chrome kabi tezlikka erishaolmaysiz. To'g'ri, Chrome ko'p tezkor xotira sarflaydi, lekin shunga yarasha tez ishlaydi ham.
Windows tizimini o'rnatganingizdan so'ng, sizga avtomat Internet Explorer yoki Edge brauzerini, barcha havolalarni ochish uchun mo'ljallab qo'yiladi, agar siz boshqa brauzer o'rnatsangiz ham havolalar ochilishi o'zgarmaydi, shuni biz o'zgartirib qo'yamiz (Windows 10 tizimida).
1️⃣ Win+i yoki "Пуск" → "Параметры".
2️⃣ "Приложения" qismiga kiramiz.
3️⃣ Chap tomondan, "Приложения по умолчанию" tanlanadi.
4️⃣ O'ng tomon pastroqda, "Веб-браузер" qismida, havolalarni doimiy ochish uchun, kerakli brauzerni tanlaymiz, bizning holda Google Chrome. Shunda istalgan joydagi havolani ochsangiz, havola Chrome brauzerida ochiladi.
☝️Albatta, oldin Google Chrome brauzeri kompyuterga o'rnatilgan bo'lishi lozim. ©️@planetait
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1818