group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1858
Last Update:
Fleshka ikonkasini o'zgartirish
#info
ℹ️ Kompyuteringizga ko'p disklar ulangan bo'lsa va unga qo'shimcha yana fleshka ulasangiz, fleshkangiz qanday nom(harf) bilan namoyon bo'lganini qidirib qolasiz, chunki disk va fleshkangiz "Мой компьютер"da bir xil ikonka bo'lib ko'rinadi.
Yo'q bunday bo'lmaydi! deyishingiz mumkin, agar sizda ikkita Partition (C va D disk) bo'lsa, agar ko'p bo'lsachi (misol uchun menda 8 ta partition)?
Demak fleshka ulanganda, uni boshqa disklardan ajratish uchun ikonkasini almashtiramiz.
1. Fleshka kompyuterga ulanadi.
2. Fleshka ichida autorun.inf(fayl formati txt bo'lib qolmasin) nomli fayl ochamiz.
3. Fayl ichini ochib, quyidagilarni yozamiz:
[autorun]
icon=rasm.ico
4. Faylni saqlaymiz.
Birinchi bosqich tugadi, endi rasm.ico (fleshkangizning ikonkasi)faylini hosil qilamiz:
1. http://www.genfavicon.com/ saytiga kiramiz. Bu sayt orqali o'zingiz biror rasmni yuklab, shu rasmni ico formatda olishingiz mumkin. Sayt 3 qismdan iborat, rasmni yuklash, uni o'lchamini aniqlash(64x64 bo'lsin) va hosil bo'lgan ikonka rasmini ko'chirib olish.
2. Hosil bo'lgan ikonkani nomi sifatida rasm.ico beramiz va fleshka ichiga (autorun.inf fayli yoniga) tashlaymiz,
3. Fleshka ichidagi autorun.inf va rasm.ico fayllarini berkitib(скрытый) qo'yamiz. Agar berkitishni bilmasangiz, shunday qolsa ham bo'laveradi.
Shundan so'ng, fleshkani kompyuterdan sug'urib qayta ulaymiz va "Мой компьютер"ni ochsangiz ,fleshka ikonkasi siz tanlagan rasm bo'lganini ko'rishingiz mumkin.
☝️ Windows 10 tizimida tekshirildi, qolganlarida ham ishlaydi. Bir narsa, fleshka ulanganda, autorun faylini o'chirib tashlaydigan antiviruslarni sozlab qo'ying, bo'lmasa har safar shu faylni avtomat o'chirib tashlaydi. ©️@planetait
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1858