group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1978
Last Update:
Windows o'rnatishdan oldin qanday amallarni bajarish kerak?
#info / #windows
ℹ Oldinroq Windows o'rnatgandan so'ng nimalar qilish kerakligi haqida gaplashgan edik. Bugun biroz orqaga qaytamiz va Windows o'rnatishdan oldin nimalar qilishimiz kerakligi haqida gaplashamiz. Ushbu tavsiyalar Windows'ning barcha versiyalarini o'rnatishga aloqador.
1⃣ Kerakli fayllarni saqlab qo'ying. Odatda Windows C diskga o'rnatilishi sababli Windows o'rnatish paytida C diskni format qilishimiz (tozalash) ga to'g'ri keladi. Рабочий стол, Загрузки va shunga o'xshash joylardagi fayllar C diskda joylashgan bo'ladi.
2⃣ Brauzerdagi zakladkalar saqlab qo'yish. Brauzerlarimiz ham o'chirilishi sababli o'zimiz uchun kerakli deb bilgan web sahifalarimizning manzillarini yozib olib qo'ying.
3⃣ Kompyuterda mavjud o'yin va dasturlarga tegishli fayllarni saqlab qo'ying. Asosan Documents papkasida dasturlarga tegishli bo'lgan tayyor fayllarni saqlab oling. Tizimga aloqadorlarni olib qolish shart emas.
4⃣ Internet va tizimga oid sozlamalarni eslab qoling. Ba'zan sozlamalarni o'zimiz uchun optimal holatga keltirganimizda Windows o'rnatishga to'g'ri kelib qoladi. Shu sabab oldingi holatga qaytarish uchun kerakli sozlamalarni eslab qolamiz.
5⃣ O'rnatilgan dasturlar ro'yxatini saqlab qo'yish. Kompyuterni endi o'rganishni boshlaganimda har safar Windows o'rnatishimdan oldin o'rnatgan dasturlarim ro'yxatini skrinshot qilib olib qo'yar edim (keyingi safar tezda nimalarni o'rnatishim kerakligini anglash uchun).
6⃣ Parollarni yozib olamiz. Ayniqsa brauzerlar bizga kerakli lekin bizning yodimizda qolmagan parollarni eslab qolishadi. Shu parollar ichidan keraklilarini saqlab olamiz. Masalan, Chrome dasturidagi parollar ushbu manzilda saqlanadi: chrome://settings/passwords
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1978