Telegram Group & Telegram Channel
Qaysi biri sayohatbop: Netbuk yoki planshet?
#tavsiya

Sayohat vaqtida yuklatilgan vazifani birgina planshet yoki netbuk yordamida amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Xo‘sh, sizga qaysi biri ma’qul? Bu savolning nimasi jiddiy deyishingiz mumkin, albatta. Shunchaki musiqa tinglash, filmlar tomosha qilish, internetda sayr qilishni xohlasangiz ulardan aynan birini afzal ko‘rishning keragi yo‘q. Bu borada ikkisi ham birdek vazifani bajaradi.

Ma’lumki, kompyuter qurilmalarini tanlashda uning og‘irligi, quvvat olmasdan ishlash qobiliyati va eng muhimi bajarishi kerak bo‘lgan vazifalari hisobga olinadi. Masalan, planshetlar ham shu tomondan o‘rganilsa, vazni yengil, biroq uni ko‘tarib yurish uchun maxsus qopcha kerak. Sababi, eng kichik planshetlar ham cho‘ntakka og‘irlik qilishi, tabiiy. Shuningdek, planshetlar quvvat olmasdan ham uzoq ishlaydi.

Netbuk imkoniyat darajasidan ortda qolmaydi, vaznini hisobga olmasa, maxsus sumkada ko‘tarib yurishga qulay. Quvvati tugaganidan so‘ng batareya yangisiga o‘zgartirilsa, ishlash jarayoni ikki baravarga uzayadi. Shuningdek, videoni qayta ishlash, xat yozish, fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqqa yuklashingiz kerak bo‘lsa, unda ko‘proq netbuk sizga yordam beradi. Bundan tashqari, unda o‘rnatilgan kuchli dasturiy ta’minot tufayli imkoniyatlar ko‘proq bo‘lishi mumkin. Balki yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlarni planshetga o‘rnatish mumkindir, lekin bu to‘laqonli ishlash degani emas. Sababi, o‘rnatilgan dasturlar smartfonlar uchun mo‘ljallangan.

Elektron kitob o‘qish, video yoki suratlar tomosha qilish uchun sifatli displeyga ega planshetdan foydalanish ayni muddao. Matnlar yozish, suratlar yuklashda ham planshetlardan foydalanish mumkin, lekin netbuk ancha qulayroq. Agar ushbu harakatlarni doimiy bajarishga hojat bo‘lmasa, planshet orqali ham amalga oshirsa bo‘ladi. Shu tariqa fayllar hamda elektron pochta bilan ishlash yoki forumlarda ishtirok etishingizga to‘g‘ri kelsa, netbuk tanlovi maqbul, albatta. Umuman olganda, bu holatda netbukning qo‘shimcha imkoniyatlarini bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Planshetlar esa turli xil o‘yinlar o‘ynash, ma’lumotlar o‘qish, videotasvirlar tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish uchun eng yaxshi variant.

Xulosa qilib aytganda, xizmat safari uchun netbuk, sayohat uchun planshet eng yaxshi hamroh bo‘la oladi. Yuqoridagi ma’lumotlardan netbuk ishlashga, planshet esa hordiq chiqarishga imkoniyatlar yaratib berishini anglash mumkin. Eng muhimi, rivojlanib borayotgan texnika faqatgina foydangizga xizmat qilsin. ©xabardor.uz

🤔 Sizning tanlovingiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita

group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2132
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2132

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

For Oleksandra Tsekhanovska, head of the Hybrid Warfare Analytical Group at the Kyiv-based Ukraine Crisis Media Center, the effects are both near- and far-reaching. The news also helped traders look past another report showing decades-high inflation and shake off some of the volatility from recent sessions. The Bureau of Labor Statistics' February Consumer Price Index (CPI) this week showed another surge in prices even before Russia escalated its attacks in Ukraine. The headline CPI — soaring 7.9% over last year — underscored the sticky inflationary pressures reverberating across the U.S. economy, with everything from groceries to rents and airline fares getting more expensive for everyday consumers. Since January 2022, the SC has received a total of 47 complaints and enquiries on illegal investment schemes promoted through Telegram. These fraudulent schemes offer non-existent investment opportunities, promising very attractive and risk-free returns within a short span of time. They commonly offer unrealistic returns of as high as 1,000% within 24 hours or even within a few hours. Messages are not fully encrypted by default. That means the company could, in theory, access the content of the messages, or be forced to hand over the data at the request of a government. Pavel Durov, Telegram's CEO, is known as "the Russian Mark Zuckerberg," for co-founding VKontakte, which is Russian for "in touch," a Facebook imitator that became the country's most popular social networking site.
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American