group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2641
Last Update:
YouTube’da amalga oshirish mumkin bo’lgan mohirliklar
#info / #internet
😎 Siz YouTube’ning shunchaki emas tajribali foydalanuvchisiga aylanishingiz uchun quyida keltirilgan mohirliklarni o’rganishingiz kerak bo’ladi. 2-qism
1️⃣ Videoni kerakli qismiga havola yaratish. Buning uchun videoning havolasining oxiriga &t=YmXXs
ni qo’shish kerak, ya’ni Y
– daqiqa, XX
– soniyalar (ikkovini birdaniga ishlatish majburiy emas).
Namuna:
- https://www.youtube.com/watch?v=9_lkYtcN1ME – oddiy video
- https://www.youtube.com/watch?v=9_lkYtcN1ME&t=102s – faqat soniya
- https://www.youtube.com/watch?v=9_lkYtcN1ME&t=1m42s – daqiqa va soniya
Bundan tashqari video ijro etilayotgan paytida “Поделиться” ga kirish va “Начало” ni belgilash orqali ham yuqorida ko’rsatilgandek havola yaratish mumkin.
2️⃣ Videoni qayta-qayta ko’rish
Agar siz biror videoni qayta-qayta tinglashni istasangiz, 10 soatlik versiyasini izlashingiz shart emas. Videoni aylantirish uchun URL boshiga youtube.com o‘rniga youtuberepeater.com deb yozing.
Namuna:
- https://www.youtube.com/watch?v=9_lkYtcN1ME
- http://youtuberepeater.com/watch?v=9_lkYtcN1ME
3️⃣ Yosh cheklovlarini chetlab o'tish
YouTube ba'zan videolarga yosh chegarasi qo'yadi. Bunday videolar voyaga etmaganlar va akkaunti bo'lmaganlar uchun bloklanadi. Ushbu taqiqni yengish uchun URL boshida youtube.com manzilini genyoutube.com bilan almashtirishingiz kerak. Video yosh cheklovlarisiz yangi tabda ochiladi.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2641