group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/309
Last Update:
Qachon Google bilan do'stlashamiz?
#tavsiya / #google
Oldingi postda qidiruv tizimlari va Google haqida aytib o'tgandim, bugun esa Google bilan do'stlashish bizga nimalar berishini ko'rib o'tamiz!
❗️Google bilan do'stlashish deganda undan yaxshiroq foydalanishni o'rganish nazarda tutilmoqda.
🤔 Agar Google dan yaxshi foydalanishni o'rgansangiz:
⏳ Juda ko'p vaqtingiz tejaladi. Birovdan iltimos qilish yoki kutish o'rniga kerakli fayl yoki ma'lumotni bir zumda topasiz. Balki shunda arzimas kino uchun guruhga 120-150 ta odam qo'shish tugar...
📒 Bilim doirangiz kengayadi. Biror kishidan maʼlumot so'rasangiz u sizga qisqa va balki noaniq ma'lumot berishi mumkin, agar siz o'zingiz izlasangiz bu boshqacha bo'ladida 😉
🈶 Xorijiy tillarni yaxshiroq o'rganish. Kerakli ma'lumotni boshqa tilda izlash va o'rganish orqali so'z boyligingizni oshirishingiz mumkin. Men rus tilini shunday o'rganganman!
😎 Mustaqillikga erishasiz! Baʼzan rus yoki ingliz tilini biluvchilar ham o'zi qiziqgan dastur bo'yicha TEKIN videokurslarni topish mumkinligini o'ylashmaydi, vaholanki Google orqali tayyor kurslarni bitta so'rov jo'natish orqali topish mumkin!
⚠️ Unutmang! Xorijiy tillarni bilmaslik yoki biror ilm o'rganishga intilmaslik faqatgina o'zingizni zararingizga ishlaydi!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/309