group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/427
Last Update:
Megabayt/sekund yoki Megabit/sekund, aslo yanglishmang!
#info / #internet
ℹ️ Ko’pchilik internet provayderlardan ta’rif rejalarini tanlaganida, tezlikni qanday birlikda ko'rsatilganiga eʼtibor bermaydi. Oldidagi son qiziqtiradi: 10, 20, 50 va xokazo. Agar yaxshilab qarab ko'radigan bo'lsak, odatda ISP provayder ta’rif rejada tezlikni Mbit/s'da ko'rsatib o`tadi. Bu nima degani?
Mbit/s 🔁 Megabit/sekund = 1 000 000 bit/sekund. Kompyuter tushunadigan til bu ikkilik sanoq tizimi bo'lib, 0 va 1 lardan tashkil topgan. Ammo, internetdan ma’lumot ko'chiradigan bo'lsangiz, web-brauzerlar yoki torrent trakerlar fayllarni MB/s(Megabayt/sekund) tezlikda ko'chirayotganini ko'rsatadi.
Ya’ni, MBayt/s 🔁 Megabayt/s = 1 000 000 bayt/s.
Uyingizdani internet tezligi 1 Mbit/s bo'ladigan bo'lsa, ideal holatda ma’lumot yuklab olish tezligi 125 Kbayt/s(kilobayt/s) ga teng bo'ladi. Bu qayerdan kelib chiqadi?
Informatika fani maktablarda o'qitilishni boshlashi bilan 1 bayt = 8 bit’ga teng ekanligi uqtirib kelinadi.
Demak, 1 000 000 bit / 8 = 125 000 bayt. Bu esa o'z navbatida 125 000 bayt = 125 Kbayt ga to'g'ri keladi.
Endi siz 10 MB li ma’lumotni, hech nima xalaqit bermagan, tarmoq ideal ishlagan holatda 80 soniyada ko'chirib olish mumkinligini hech ikkilanmasdan ayta olasiz. Quyida misol qilib beraman.
Tasvir (👇) da ko'rib turganingiz, torrent trakerda yuklab olinayotgan fayl 724 KBayt/s tezlikda taqdim etilmoqda, demak
724 * 8 = 5792 Kilobit/sekund
5792/1024 = 5,65 Megabit/sekund
Provayder bergan tezlik taxminan 6 Mbit/s ni tashkil etadi.
© ITPlanet
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/427