group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/449
Last Update:
Diplom bor degani ish aniq degani emas!
#tavsiya
ℹ️ Oldinlari diploming bo'lsa ish albatta topiladi deyilar edi, ammo hozir vaziyat umuman o'zgargan. Diplomi borlar ham hozirda ish topolmay qolishgan, bunga sabab esa oliy maʼlumotlilarni ko'payganidir!
❓Xo'sh bundan raqobat muhitida qanday g'alaba qozonish va yaxshi ish topish mumkin?
❗️Javob yagona: qo'shimcha bilimlarni egallash orqali!
Qo'shimcha bilimlar deb xorijiy tillar va kompyuterni o'rganishni nazarda tutdim.
㊙️ Xorijiy tillarni o'rganish kerakligi haqida ko'p gapirganman, til bilsangiz Siz ko'p maʼlumotlarni qabul qilish hamda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
🖥 Kompyuterni o'rganish zaruriyatiga sabab esa hozirda hamma narsa elektronlashtirilmoqda: xatlar elektron pochta orqali, chizmalar elektron, yozishmalar elektron va h.k
Gapimning isboti sifatida bir savol beraman:
🤔 Tasavvur qiling siz korxona rahbarisiz va ishga olishingiz uchun qabulingizga 3 bitiruvchi keldi.
• 1-si o'qishni qizil diplomga bitirgan va bo'ldi;
• 2-si diplomi oddiy (yoki yo'q), kompyuterda yaxshi ishlay oladi (balki biror dasturni yaxshi bilar);
• 3-si diplomi bor yoki yo'q, kompyuter va xorijiy tillarni yaxshi biladi.
❔Demak savol: Siz qaysi nomzodni tanlaysiz? Qay biri sizni korxonangiz uchun foydali kadr hisoblanadi?
➕ Hurmatli abituriyentlar o'qishga kirib olsam ishlarim besh deb hom hayolga berilmang, aksincha oladigan diplomingiz kelajakda asqotishi uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligini haqida fikr yuriting!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/449