group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/537
Last Update:
Internet tezligingizni qanday qilib to'g'ri tekshirish mumkin?
#info / #internet
ℹ️ Provayderlar(uzonline, turon, sarkor,...) internet tarif taklif qilishayotganda, har xil kriteriyalarga qarab, narx chiqarishadi. Bu kriteriyalar quyidagilar:
🗺 Hudud bo'yicha:
● TAS-IX hududidagi tezlik
Bu hudud uchun provayderlar kam xarajat qilishadi, shu sababli katta tezlik va minimal narx qo'yishadi.
● TAS-IX'dan tashqari hudud. Bu hudud uchun xarajatlar mavjud, ya'ni O'zbekistonga kirib kelayotgan internet uchun, ma'lum davlatlarga arenda puli to'lanadi. Shu sababli, bu tariflarda tezlik biroz pastroq va qimmatroq.
⚡️Tezlik bo'yicha:
● Kirishdagi tezlik(Download
). Biror faylni yuklab olishda yoki biror saytga jo'natilgan so'rovni qabul qilishdagi tezlik.
● Chiqishdagi tezlik(Upload
). Biror faylni internet tarmoqqa yuklash yoki saytlarga so'rov jo'natishdagi tezlik.
📌 Ko'p provayderlar shu ikki kriteriya: Download va Upload tezliklarni ko'rsatishmaydi, ya'ni ikkalovini qo'shib, umumiy tezlik chiqarishadi. Odatda, Upload tezlik, Download tezlikka qaraganda tezroqdir.
❓Tezliklar qanday tekshiriladi?
Tezliklarni tekshirishda online xizmatlardan foydalanish ancha qulay. U xizmatlar quyidagicha ishlaydi:
🌐 Siz biror tezlikni tekshiradigan saytga kirasiz va tezlikni tekshirish tugmasini bosasiz. Shundan so'ng, sayt biror davlatdagi serverni tanlaydi va shu serverga sizning uyingizdan turib, so'rov beradi. Shu so'rov, serverga yetib borish va qaytib kelish tezligini hisoblaydi. Bu so'rov bir necha marotada, har xil hajmlarda amalga oshiriladi. Shu orqali o'rtacha tezlik aniqlanadi.
Yuqoridagi fikrdan xulosa shuki, agar tekshirilayotgan server TAS-IX hududida bo'lsa, tushunarliki tezlik katta bo'ladi, agar tashqarida bo'lsa, tezlik sekinroq bo'ladi. Server qayerda joylashganligi haqida, tezlik tekshirilayotgan saytlarda ma'lumot beriladi.
Ba'zi internet tezlikni tekshiradigan saytlar, Download va Upload uchun alohida natija beradi.
❓Nima sababdan, har xil saytlarda har xil tezlik?
Sababi shuki, tezlikni tekshiradigan severlar har xil joyda joylashgan bo'ladi, ba'zilari Qozog'istonda, ba'zilari Braziliyada, undan tashqari sayt ishlash tezligi ham rol o'ynaydi. Shu sababli, bir nechta saytlar orqali tezligingizni aniqlang.
📈 Internet tezlikni tekshiradigan online xizmatlar:
● https://www.speedtest.net (sayt biroz sekinroq ishlamoqda)
● https://yandex.ru/internet
● https://www.speed.io
● https://www.nperf.com/ru
● http://tps.speedtestcustom.com
● https://pr-cy.ru/speed_test_internet
● https://www.bandwidthplace.com
☝️Tezlikni tekshirayotganda, internetdan foydalanayotganlar bo'lmasligi lozim, aks holda tezlik past ko'rsatadi.
⚡️ Tezlikni tekshirayotganda, tekshiruvchi server qayerda joylashganligiga ahamiyat bering, ko'p saytlar sizni qaysi davlatdan ekanligingizni aniqlab, o'sha davlat serverlari orqali tekshirishadi. Bu esa, TAS-IX hududi bo'lib qoladi. Ba'zi saytlarda, o'zingiz server qaysi davlatdan bo'lishini belgilay olasiz (misol uchun www.bandwidthplace.com/ saytida).
© IT Planeta
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/537