group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/540
Last Update:
Boshlanishi qiyin bo'lishi mumkin, lekin keyin...
#tavsiya
ℹ️ Biror nimani o'rganishni boshlashda inson ko'p qiyinchiliklarga duch keladi. O'rganish jarayoni qiyin kechadi, ko'p narsalarni tushunmaydi, bajargan ishlari o'xshamasligi mumkin.
💻 Agar Siz kompyuter o'rganishni boshlagan bo'lsangiz va biror muammoga duch kelsangiz demak siz nimanidir o'rganishni boshladingiz. Tasavvur qiling, biror vazifani bajarishda muammoga duch kelmasangiz, bu vazifani bajarish orqali nimani o'rganasiz? Aytilgan ishni qilgan robotga o'xshab qolmaysizmi?
😎 Ko'p kompyuter foydalanuvchilari qiyin va juda murakkab ish deb o'ylaydigan "Windows 7 ni o'rnatish" bo'yicha videokursimizni ko'rib juda ko'p muammolarga duch kelishdi, qiynalishdi, asablari ketdi. Biroq hayotda foydasi tegadigan bilimlarga
ega bo'lishdi (va pul tejashni boshlashdi).
✅ Shunday ekan "bu ilojsiz", "buni qilolmayman" degan so'zlarni ishlatishni bas qiling! O'rganing, izlaning va muammolar bilan kurashishda davom eting. Albatta siz g'alabaga erishasiz.
🙃 Pastdagi rasmda bir paytlar yozgan qaydnomamni ko'rishingiz mumkin, hali ham ba'zilarini bilmayman )
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/540