group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/649
Last Update:
Kompyuter foydalanadigan xotira turlari
#info / #windows
💾 Kompyuter ish jarayonida bir nechta xotira turlaridan foydalanadi, shular haqida qisqacha:
• Tezkor xotira(RAM) - Kompyuter platasidagi slotga ulanadigan, katta tezlikda ishlay oladigan xotiradir. Kompyuter o'chishi bilan ichidagi ma'lumotlar ham o'chib ketadi, demak energiyaga bog'liq. Hozirda DDR4 turi keng foydalaniladi.
• Doimiy xotira(ROM) - bu xotira turidan faqat o'qish mumkin. Kompyuter platasiga sxema ko'rinishida o'rnatilgan va har xil sozlashlarni o'zida jamlagan. Kompyuter o'chganda ham o'zidagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin.
• Qattiq disk(HDD, SDD,...) - Hammamizga ma'lum xotira turi. Energiyaga bog'liq bo'lmagan, xotira qurilmasiga qarab, ma'lumotlar yoki sxemada (SSD) yoki alyumin diskda (HDD) saqlanadi.
• Buffer xotira - vaqtinchalik ma'lumot saqlovchi xotira turi. Siz biror fayl yoki matnni nusxalaganingizda(CTRl+C), ko'chirgan narsangiz shu xotiraga vaqtinchalik tushadi. Energiyaga bog'liq bo'lgan xotira turi.
• Kesh xotira - prossesor bilan tezkor xotira orasida ma'lumot almashuvchi xotira turi. Ba'zan alohida. ba'zan prossesorda joylashgan bo'ladi. Hajmi kichik bo'ladi. Protsesor tanlashda L2, L3 degan tushunchalar bor, shular kesh xotirani belgilab beradi. Eng tez ishlovchi xotira turi.
📌 Yuqoridagilar asosiy xotira turlari, undan tashqari tashqi saqlovchi qurilmalar(CD, DVD, Blu-Ray, fleshka) orqali ham ma'lumotlarni saqlash mumkin.
✅ Mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar:
• HDD vs SSD
• “Буфер обмена” bilan ishlash! Буфер обмена nima? ClipDiary dasturi
©️ IT Planet
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/649