group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/711
Last Update:
Windows versiyasidagi so'z va sonlar nimani anglatadi?
#info / #windows
🤔 Deylik, Windows 10 Enterprise Build 15063 Release 1703 x64 Ru nomidan nimalarni tushinib olish mumkin?
Bular nima ekanligini, birma-bir ko'rib chiqamiz:
• Windows 10 - operatsion tizim nomi. Microsoft chiqargan tizimlar, Windows so'zidan boshlanib kelinmoqda va qo'shimcha sifatida raqam biriktirilmoqda (Windows XP va undan oldingi tizimlarni qo'shmaymiz, sababi juda eski). Misol uchun: Windows 7, Windows 8, Windows 8.1.
• Enterprise - nashr nomi. Tizimning qay darajada ishlatishingizga qarab tanlaysiz. Qay darajada deganda, professional darajada yoki oddiy uyda foydalanish uchun, ta'lim uchun va h.k. Nashr nomlari sifatida quydagilarni misol qilish mumkin: Home, Professional, Enterprise, Education.
• Build 15063 - tizimni aniq yig'ilgan raqami (Сборка). Toza tizim olinadi va qandaydir o'zgarishlar: sozlashlar, qo'shimcha dasturlar, yangilanishlar qo'shiladi va tizim qaytadan biroz boshqacha yig'iladi. Shundan so'ng, uning yig'ilish raqami o'zgaradi. Yig'ilish raqami, rasmiy Microsoft tomonidan o'zgartirilishi yoki foydalanuvchilar tomonidan maxsus dasturlar orqali qo'shimchalar kiritilib, o'zgartirilishi mumkin. Yig'ilgan raqamlarga misol: 15063.0, 16299.15, 17134.1
.
• Release 1703 - versiya raqami. Windows 10 tizimidan boshlab, versiya raqami sifatida, shu versiya chiqqan yil va oyni birlashgan raqam berilmoqda. Misol uchun: versiya 1703 - 2017 yil mart oyidagi yangilanish versiyasi. Bu chiqayotgan kichik yangilanishlar emas, balki har yili taxminan 2 martta chiqadigan katta yangilanish versiyasi, misol uchun:Windows 10 Release 1809
- 2018 yil sentyabrdagi yangilanish.Windows 10 Release 1903
- 2019 yil martdagi yangilanish.
• x64 - operatsion tizim razryadi.
• Ru - operatsion tizim tili. Tizim to'liq rus tiliga o'girilganini bildiradi, buyryqlar esa, ingliz tilida qoladi.
©️IT Planeta
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/711