group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/784
Last Update:
SSD bilan nimalar qilib bo'lmaydi?
#info / #kompyuter
ℹ️ SSD - doimiy xotiraning zamonaviy bir turi. HDD ga nisbatan bir qancha tezroq bo'lishi bilan bir qatorda anchagina qimmat hisoblanadi.
❗️HDD bilan bajariladigan ba'zi amallarni SSD bilan qilib bo'lmaydi. Ular quyidagilar:
➖ SSD diskni defragmentatsiya qilish kerak emas, ayniqsa tashqi dasturlar yordamida. Defragmentatsiya qilish faqatgina HDD disk uchun foydali hisoblanadi.
➖ Windows 10 da optimizatsiyani o'chirib qo'yish shart emas, chunki SSD disk haqiqatdan ham kompyuter ishlashini optimallashtirib beradi.
➖ Windows XP, Vista va boshqa eski operatsion tizimlardan foydalanmang.
➖ SSD'ni to'liq to'ldirib qo'ymang. Fayllarni yozish jarayoni uchun biroz bo'sh joy qoldirilmasa kompyuter tezligini pasaytirishi mumkin.
➖ Doimiy foydalanilmaydigan fayllarni SSD diskda saqlamang. SSD'da faqatgina (windows) tizim fayllari bo'lsa yetarli. Tizimni SSD diskga o'rnatish orqali kompyuter ishlashi va dasturlarni ham tezlshtirish mumkin.
© Комп для чайника
📍Mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar:
• Kompyuter foydalanadigan xotira turlari
• Nima sababdan fleshka yoki vinchester(HDD, SDD) hajmi kompyuterga ulanganda kamroq ko'rsatadi?
• HDD vs SSD
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/784