group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/801
Last Update:
βπ§ Linux nima?
#info / #linux
βΉοΈ Linux β yadrosi bepul tarqatilgan operatsion tizim. U tizim yadrosi va uncha ko'p bo'lmagan yadro bilan ishlovchi dasturlardan tashkil topgan. Dasturlarsiz yadro bilan biror nima qilish befoyda, lekin yadrodan foydalanib o'zingiz uchun shaxsiy operatsion tizimingiz (distributiv) ni yaratishingiz mumkin. Hozirgi kunda bunday distributivlar 9 mingdan oshiq va doimiy tarzda ishlab chiqilmoqda.
π¨βπ»Yadroni ishlab chiqish Finlandiyalik talaba Linus Torvaldsom tomonidan 1991-yilda boshlangan. Birinchi versiyasi (0.01) esa 1991-yil 17-sentabrda e'lon qilingan. Operatsion belgisi bo'lmish pingvin Torvaldson tomonidan o'ylab topilgan.
βLinux OT'dan kimlar foydalanadi?
Agar sizda Android qurilma bo'lsa siz ham Linux foydalanuvchisi hisoblanasiz. Albatta OT boshqacha bo'lishi mumkin, lekin ular bir yadroga qurilgan. Uyimizdagi ko'pchilik maishiy texnika buyumlari ham ushbu yadroga qurilgan (hattoki o'yin qurilmalari ham). Linux OT noutbuk va kompyuterlarga dastlabki OT sifatida o'rnatilishi mumkin.
π Linux OT'ni aynan birorta distributivlardan quyidagi soha vakillari foydalanishadi:
β’ Professional veb-dasturchi.
β’ Havaskor dasturchi.
β’ OT'ni o'zi xohlagandek qilib sozlash olishni xohlagan foydalanuvchilar.
β’ Windows'dagi muammolar va viruslardan himoyalanishdan charchagan insonlar.
Qisqa qilib aytganda, ushbu OT dan barchamiz foydalanishimiz mumkin. Eng asosiysi kerakli distributivni tanlay olishdir. Biroq ko'pchilik dasturlar faqatgina windows uchun ishlab chiqilishini hisobga olsak Linux uchun kerakli dasturni topishga qiynalishimiz mumkin.
π¦ Linux distributivlari
Linux uchun juda ko'p distributivlar mavjud bo'lib hamma o'ziga keraklisini topishi muhim hisoblanadi. Lekin shunday distributivlar mavjud bo'lib, ulardan ko'p maqsadlarda foydalanish mumkin.
π Turli maqsadlar uchun optimal distributivlar:
β’ Parrot. Tizim administratorlari uchun eng yaxshi tanlov.
β’ Fedora. Ishlash uchun juda sodda bo'lgan variant.
β’ Mint. Uy kompyuterlari uchun distributiv.
β’ CentOS. Server uchun distributiv.
β’ Snappy Ubuntu Core. Internet uchun yaxshi distributiv.
Β© ipkey.com.ua
π Keyinroq ushbu OT'ning (+) va (-) tomonlari haqida gaplashamiz.
π» Kompyuterni birga o'rganamiz ‡οΈ
Telegram / YouTube / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/801