group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/815
Last Update:
Disk yoki fleshkalarni qanday formatlash lozim: tez yoki to'liq?
#info / #windows
Formatlash deganda - fleshka yoki biror qattiq diskni fayl va papkalardan halos qilish tushuniladi. Hamma har xil format qilish usullaridan foydalanadi. Misol uchun, Windows tizimida diskni formatlash uchun quyidagi amallar bajariladi:
1. "Мой компьютер" oynasiga kiriladi va format qilish kerak bo'lgan disk tanlanadi.
2. So'ng, sichqonchani o'ng tugmasi bosilib, "Форматировать" menyusi tanlanadi.
3. Bu yerda, format qilish yo'lini tanlash lozim(Способы форматирования), bu haqida quyida yozaman.
4. "Начать" tugmasi bosiladi.
Shu tariqa yoki biror dasturni o'rnatgan holda format qilish mumkin, endi qaysi format qilish yo'lini tanlashni hal qilib olamiz. Odatda, 2 xil usulda format qilish mumkin:
1. Tez formatlash(Быстрое форматирование) - Tanlangan fayl tizimi(NTFS, Fat32)ning yuklanuvchi qismi yoziladi va diskda mavjud ma'lumotlar o'chmaydi, balki "bu fayllar mavjud emas" degan izoh yoziladi. Demak, siz va biz disk bo'sh deb bilamiz, lekin ichida ma'lumotlar saqlanib turgan bo'ladi. Keyin, diskka ma'lumot yossangiz, diskdagi fayllar o'chib, ustiga yoziladi.
Bunday formatlash usuli juda tez amalga oshiriladi, lekin maxsus dasturlar orqali, fayllarni qayta tiklash mumkin.
2. To'liq formatlash(Полное форматирование) - bunda, diskdagi barcha fayl va papkalar o'chadi, har bir sektor bittalab tozalanadi, undan tashqari disk xatoliklarga tekshiriladi va iloji boricha to'g'irlab chiqadi. Fleshka top-toza bo'ladi, lekin uzoq vaqt formatlash jarayoni davom etadi.
☝️Windows tizimida, to'liq formatlash(Полное) yozuvi bo'lmasligi mumkin, uning o'rniga tez formatlash(Быстрое)ni tanlash mumkin bo'ladi, lekin bu formatlash usulini tanlamasangiz, avtomat to'liq formatlash amalga oshiriladi.
Qaysi formatlash yo'lini tanlash lozim?
🔸Agar siz disk yoki fleshkani biror insonga berib yuborayotgan bo'lsangiz, siz uni to'liq formatlashingiz lozim, chunki tez formatlash orqali formatlasangiz, sizdan fleshkani olayotgan inson, sizning ma'lumotlarni qayta tiklab olishi mumkin.
🔹Agar disk yoki fleshkangiz ishlashida muammolar paydo bo'laversa, demak sektorlarda xatoliklar mavjud, bularni tekshirish va to'g'irlash lozim, shu paytda to'liq formatlashdan foydalanish kerak.
Xulosa, doimiy foydalanish uchun tez formatlash bo'laveradi, lekin vaqti-vaqti bilan to'liq formatlash orqali ham formatlab turish lozim.
© IT Planeta
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/815