group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/874
Last Update:
"Сон" va "Гибернация" rejimlari haqida
#info / #windows
ℹ️ Oldinlari bizda faqat ikkita tanlov bor edi: "Завершения работы" va "Перезагрузка".
Windows Vista, Windows 7 tizimlaridan boshlab yuqoridagilarga ikki rejim qo'shildi: "Сон" va "Гибернация", bu rejim odatda notebook va netbook'lar uchun mo'ljallangan, chunki ularning o'z akkumlyatori bor.
Bu ikki rejim nimasi bilan farq qiladi degan savolga javob topamiz.
💡 "Сон" - bu rejim kompyuterni uxlatish, to'xtatish ma'nosini beradi. Kompyuter o'z faoliyatini sustlashtiradi, energiya tejash rejimiga o'tadi. Bunda ekran, sovutish tizimi, qattiq disk(HDD) to'liq ish faoliyatini to'xtatadi. Protsessor, tezkor xotira kabi komponentlarga minimal darajada tok yetkazib turiladi. Tezkor xotiradagi ma'lumotlar minimal tok kelishi hisobiga saqlanib turadi.
Bu rejimdan chiqish uchun, sichqonchaga biroz tegish yoki klaviaturada biror knopkani bosish kifoya qiladi.
💡 "Гибернация" - bu rejim ham yuqoridagiga o'xshaydi, lekin biroz murakkabroq. Kompyuter to'liq o'chadi, faqatgina BIOS'dagi sana va vaqt uchun juda minimal tok kerak bo'ladi. Tezkor xotiradagi barcha ma'lumotlar qattiq diskka(HDD) yoziladi, RAM to'liq HDD'ga nusxalanadi.
Kompyuter yonganda shu jarayonni teskarisi bo'ladi, qattiq diskdagi ma'lumotlar tezkor xotiraga qayta ko'chiriladi.
Tezkor xotiradan ma'lumotlar qattiq diskdagi C:\hiberfil.sys nomli faylga yoziladi.
Kompyuter "Гибернация" rejimidan "Сон" rejimiga qaraganda biroz sekinroq chiqadi. Chunki tezkor xotiraga nusxalash jarayoni bor.
Misol uchun, kompyuter "Сон" rejimidan taxminan 2,3 sekundda chiqsa, "Гибернация" rejimidan 10 sekundlarda chiqadi(albatta tezkor xotirada qancha ma'lumot borligiga qarab), bu rejimlar to'liq o'chirib qayta yuklanish uchun ketadigan vaqtdan(taxminan 1 minut) ancha tez.
© ITPlanet
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/874