Telegram Group & Telegram Channel
Elektron tibbiyot: Mehnatga layoqatsizlik varaqasi qanday rasmiylashtiriladi?

Issiq jon isitmasiz, bo‘lmaydi, deydi xalqimiz. Bunday paytda fuqaroning ishdan, o‘qishdan qolib davolanishi yoki tobi qochgan farzandini parvarishlashi uchun davlat tomonidan zarur sharoitlar yaratiladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi — buni tasdiqlovchi hujjat turidir.

Xo‘sh, mehnatga layoqatsizlik varaqasi kimlarga, qancha muddatga va qaysi talablar asosida beriladi? Uni rasmiylashtirish tartibi qanday?

👩🏻‍⚕️ Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Abdusattarova ushbu savollarga batafsil javob berdi:

💬 — Bu hujjat shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun asos bo‘luvchi hujjatdir, — deydi Sh.Abdusattarova. — O‘z navbatida, u orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladi.

🟣 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tibbiy muassasa tomonidan (murojaat qilgan yoki davolangan joydagi) rasmiylashtiriladi.

📌 Buning uchun fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, shuningdek, sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilishi kabi holatlar asos bo‘ladi.

🩺 Masalan, fuqaro yuqoridagi holatlar qayd etilganda, hududiy oilaviy poliklinika (oilaviy shifokor punkti)ga elektron registratura orqali murojaat qiladi. Agar salomatligi birlamchi tibbiyot muassasasiga chiqish imkonini bermasa, oilaviy shifokorni uyiga chaqiradi.

📆 Oilaviy poliklinikada mehnatga layoqatsizlik varaqasi, kasallik turiga qarab, ilk murojaat qilinganda, 5 kundan 7 kungacha ochilishi mumkin.

🖥 Buning uchun oilaviy shifokor bemorni shaxsan ko‘rikdan o‘tkazib, 025-shakldagi ma’lumotnomani to‘ldiradi va tegishli elektron bazaga mehnatga layoqatsizlik varaqasini kiritib, bo‘lim boshlig‘iga onlayn rejimda yuboradi.

Mas’ul, o‘z navbatida, hujjatning asosligiga ishonch hosil qilgach, uni tasdiqlaydi. Bu haqdagi ma’lumot bemorning ishxonasida ham elektron baza orqali ko‘rinib turadi.

🔎 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilishi bilan bemorning qayta ko‘rikka kelish kuni belgilanadi. Ungacha xastalik turiga qarab, tegishli tekshiruvlardan o‘tishi va tibbiy tahlillar topshirishi zarur.

🔬 Agar bemorning ahvoli qayta ko‘rikkacha og‘irlashsa, shifokorni uyga chaqiradi yoki oilaviy poliklinikaga qayta murojaat qiladi. Shundan so‘ng kerakli tahlillar tekshiriladi yoki murojaat qiluvchi tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yo‘naltiriladi.

🤰Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi esa homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga rasmiylashtiriladi.

➡️ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda tug‘uruq muassasasi tomonidan yana o‘n to‘rt kalendar kuniga qo‘shimcha mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

📊 Ambulatoriya sharoitida 14 yoshdan katta bemorni parvarishlash uchun esa bolaning oila a’zolari yoki qarindoshlaridan biriga 14 kundan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilishi belgilangan.

🚫 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi ambulator sharoitda davolanish uchun ko‘rsatma bo‘lmagan, mast holatda kelgan, xususiy klinikalar yoki rejali ravishda sanatoriylarda salomatligini tiklash istagidagi shaxslar uchun ochilmaydi.

‼️ Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 yanvardan yurtimizning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini faqat elektron shaklda rasmiylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

⌨️ Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” (my.gov.uz) axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy ta’minotiga elektron shaklda yuboriladi.

☝️Salomatligingizga va sog'liqni saqlash borasidagi yangiliklarga befarq bo'lmasangiz kanalimizga obuna bo'ling!

Telegram / Facebook / Telegram

group-telegram.com/LazizaAllayorova/321
Create:
Last Update:

BY Laziza Allayorova | SSB matbuot kotibi

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/LazizaAllayorova/321

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Channels are not fully encrypted, end-to-end. All communications on a Telegram channel can be seen by anyone on the channel and are also visible to Telegram. Telegram may be asked by a government to hand over the communications from a channel. Telegram has a history of standing up to Russian government requests for data, but how comfortable you are relying on that history to predict future behavior is up to you. Because Telegram has this data, it may also be stolen by hackers or leaked by an internal employee. Lastly, the web previews of t.me links have been given a new look, adding chat backgrounds and design elements from the fully-features Telegram Web client. The original Telegram channel has expanded into a web of accounts for different locations, including specific pages made for individual Russian cities. There's also an English-language website, which states it is owned by the people who run the Telegram channels. Individual messages can be fully encrypted. But the user has to turn on that function. It's not automatic, as it is on Signal and WhatsApp. Given the pro-privacy stance of the platform, it’s taken as a given that it’ll be used for a number of reasons, not all of them good. And Telegram has been attached to a fair few scandals related to terrorism, sexual exploitation and crime. Back in 2015, Vox described Telegram as “ISIS’ app of choice,” saying that the platform’s real use is the ability to use channels to distribute material to large groups at once. Telegram has acted to remove public channels affiliated with terrorism, but Pavel Durov reiterated that he had no business snooping on private conversations.
from us

Telegram Laziza Allayorova | SSB matbuot kotibi
FROM American