Telegram Group & Telegram Channel
* * *

Shoir bo‘lmoqchiman, debsan xatingda,
She’riyat sirlarin o‘rgating, debsan.
Sen go‘yo chaqmoqqand tutib otingga,
Borsa qaytmas yo’lni ko'zlab turibsan.
Shoirlik kasb emas, minba’d, ukajon,
Shoirlik hikmatdir, hikmat, ukajon.

Esimda: oq tutlar ayni g‘arq pishgan,
Yashil shoxlar aro terardik quvnab.
Shu payt qurtboqarlar kelib qolishgan,
Qo’lida bolta-yu chopqilar o’ynab.
Bargni obketdilar bog’lab, ukajon,
Lekin bizlar qoldik yig’lab, ukajon.

O‘shanda bolalik bir dam chekinib,
Ba’zimiz jim ko‘nib, xafa ketgandik.
Lekin birlarimiz rosa so‘kinib,
Ularga tosh ota chopa ketgandik.
Insonlik – o ‘z haqqing tanish, ukajon,
Shoirlik – Haq deya yonish, ukajon...

Sen erta bahorda tokka nazar sol:
Milt-milt yosh to‘kar u gullashdan oldin,
Loygarchilik kunlar, qirg‘iyak shamol,
Kelmasdan tiklashi darkor-da qaddin...
Shoirsan – shu tok deb kuysang, ukajon,
Shoirlik – shu yoshni tiysang, ukajon.

Umr garchi uzun, kechar bir onda,
Umr kamalakdir yer va ko'kka dol.
Ba’zi shoirlar bor – ko'ngli osmonda,
Hatto o‘z bo’yicha pastlashi malol.
Sen ko‘kdan izlama ma’ni, ukajon,
Avval o‘z yeringni tani, ukajon.

Bugun yurt haqida o‘y sursang agar,
Olamga bir qara: kim tanir bizni?
Paxtangdan tanisa yeringni bashar,
She’ringdan tanisin yuragimizni!
Qalbingni xalqqa et minbar, ukajon,
Jahon shunda seni tinglar, ukajon.

Ona til! U bizga ma’bad betimsol,
Har bir millat uchun o‘z tili Ona!
Til – o'tmish, til – bugun, til – bu istiqbol,
Til – ona xalqingdan nurli nishona.
Ne bor «ona» degan so‘zdek, ukajon,
0‘zbeksan, o‘zbek bo‘l, o’zbek, ukajon.

Ha! Shoir qalbining xaritasida
So‘z, tuyg‘u, rang, imon erur bosh tomir.
Oroldek dengiz ham qurir, aslida,
Ayqirib oqmasa Amu bilan Sir.
Cho'qqilarga solsin larzon, ukajon,
Guvlab tursin ulug‘ ummon, ukajon.

O’tgan ustozlarda qismat yagona:
So‘zdan nomdor ular, so’zdan xunbag'ir.
Qog‘oz-ku bir ohdan uchgay to‘lg‘ana,
Unga muhrlangan haqiqat og‘ir.
Yengili rizq bo‘lmas bizga, ukajon,
Qanot ber eng yukdor so'zga, ukajon.

Sen mag‘rur kamtar bo‘l! Lekin bir chetda
Chekinib yashama yakka, xor, nolon.
Jahonda har nedan Adolat katta,
Lekin mitti qalbdir unga oshyon.
Ko‘z tutar odamlar, xalqing, ukajon,
Bosh ustida bo‘lsin qalbing, ukajon.

Sen do'st bo‘l, vaqtida fosh et Yagoni,
Ishqda Otellodan bo'lgin besh battar.
Asrab qolmoq uchun Mo‘min Mirzoni
Tutqaz Alisheming qo'liga xanjar...
Shoirning yuragi dog‘li, ukajon,
Sen ham shu dard bilan og‘ri, ukajon.

Dolg‘alar goh tinib, shoirning qalbi
Afsonaviy ko'ldek sukutda onlar –
Topilar, tosh otib to‘lqin chiqarib,
Tomosha qilishga havasmand jonlar.
Qo’yni toshlilar ko‘p, ko‘pdir, ukajon,
To’lqin ur, chetga sur, cho‘kdir, ukajon.

Bordi-yu, sendan hech chiqmasa shoir,
Zarur jihatlarning kam bo‘lsa biri,
0‘ksima, tongda tur, tabiat sohir,
Qara, rangin she’rdir o'zbekning yeri.
Shu yurtni bir umr sevsang, ukajon,
Haqiqiy shoir ham sensan, ukajon!


✍️Omon Matjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤‍🔥11👎1



group-telegram.com/Seningdirman/1110
Create:
Last Update:

* * *

Shoir bo‘lmoqchiman, debsan xatingda,
She’riyat sirlarin o‘rgating, debsan.
Sen go‘yo chaqmoqqand tutib otingga,
Borsa qaytmas yo’lni ko'zlab turibsan.
Shoirlik kasb emas, minba’d, ukajon,
Shoirlik hikmatdir, hikmat, ukajon.

Esimda: oq tutlar ayni g‘arq pishgan,
Yashil shoxlar aro terardik quvnab.
Shu payt qurtboqarlar kelib qolishgan,
Qo’lida bolta-yu chopqilar o’ynab.
Bargni obketdilar bog’lab, ukajon,
Lekin bizlar qoldik yig’lab, ukajon.

O‘shanda bolalik bir dam chekinib,
Ba’zimiz jim ko‘nib, xafa ketgandik.
Lekin birlarimiz rosa so‘kinib,
Ularga tosh ota chopa ketgandik.
Insonlik – o ‘z haqqing tanish, ukajon,
Shoirlik – Haq deya yonish, ukajon...

Sen erta bahorda tokka nazar sol:
Milt-milt yosh to‘kar u gullashdan oldin,
Loygarchilik kunlar, qirg‘iyak shamol,
Kelmasdan tiklashi darkor-da qaddin...
Shoirsan – shu tok deb kuysang, ukajon,
Shoirlik – shu yoshni tiysang, ukajon.

Umr garchi uzun, kechar bir onda,
Umr kamalakdir yer va ko'kka dol.
Ba’zi shoirlar bor – ko'ngli osmonda,
Hatto o‘z bo’yicha pastlashi malol.
Sen ko‘kdan izlama ma’ni, ukajon,
Avval o‘z yeringni tani, ukajon.

Bugun yurt haqida o‘y sursang agar,
Olamga bir qara: kim tanir bizni?
Paxtangdan tanisa yeringni bashar,
She’ringdan tanisin yuragimizni!
Qalbingni xalqqa et minbar, ukajon,
Jahon shunda seni tinglar, ukajon.

Ona til! U bizga ma’bad betimsol,
Har bir millat uchun o‘z tili Ona!
Til – o'tmish, til – bugun, til – bu istiqbol,
Til – ona xalqingdan nurli nishona.
Ne bor «ona» degan so‘zdek, ukajon,
0‘zbeksan, o‘zbek bo‘l, o’zbek, ukajon.

Ha! Shoir qalbining xaritasida
So‘z, tuyg‘u, rang, imon erur bosh tomir.
Oroldek dengiz ham qurir, aslida,
Ayqirib oqmasa Amu bilan Sir.
Cho'qqilarga solsin larzon, ukajon,
Guvlab tursin ulug‘ ummon, ukajon.

O’tgan ustozlarda qismat yagona:
So‘zdan nomdor ular, so’zdan xunbag'ir.
Qog‘oz-ku bir ohdan uchgay to‘lg‘ana,
Unga muhrlangan haqiqat og‘ir.
Yengili rizq bo‘lmas bizga, ukajon,
Qanot ber eng yukdor so'zga, ukajon.

Sen mag‘rur kamtar bo‘l! Lekin bir chetda
Chekinib yashama yakka, xor, nolon.
Jahonda har nedan Adolat katta,
Lekin mitti qalbdir unga oshyon.
Ko‘z tutar odamlar, xalqing, ukajon,
Bosh ustida bo‘lsin qalbing, ukajon.

Sen do'st bo‘l, vaqtida fosh et Yagoni,
Ishqda Otellodan bo'lgin besh battar.
Asrab qolmoq uchun Mo‘min Mirzoni
Tutqaz Alisheming qo'liga xanjar...
Shoirning yuragi dog‘li, ukajon,
Sen ham shu dard bilan og‘ri, ukajon.

Dolg‘alar goh tinib, shoirning qalbi
Afsonaviy ko'ldek sukutda onlar –
Topilar, tosh otib to‘lqin chiqarib,
Tomosha qilishga havasmand jonlar.
Qo’yni toshlilar ko‘p, ko‘pdir, ukajon,
To’lqin ur, chetga sur, cho‘kdir, ukajon.

Bordi-yu, sendan hech chiqmasa shoir,
Zarur jihatlarning kam bo‘lsa biri,
0‘ksima, tongda tur, tabiat sohir,
Qara, rangin she’rdir o'zbekning yeri.
Shu yurtni bir umr sevsang, ukajon,
Haqiqiy shoir ham sensan, ukajon!


✍️Omon Matjon

BY Seningdirman | Kundalik




Share with your friend now:
group-telegram.com/Seningdirman/1110

View MORE
Open in Telegram


Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The perpetrators use various names to carry out the investment scams. They may also impersonate or clone licensed capital market intermediaries by using the names, logos, credentials, websites and other details of the legitimate entities to promote the illegal schemes. The War on Fakes channel has repeatedly attempted to push conspiracies that footage from Ukraine is somehow being falsified. One post on the channel from February 24 claimed without evidence that a widely viewed photo of a Ukrainian woman injured in an airstrike in the city of Chuhuiv was doctored and that the woman was seen in a different photo days later without injuries. The post, which has over 600,000 views, also baselessly claimed that the woman's blood was actually makeup or grape juice. Telegram was co-founded by Pavel and Nikolai Durov, the brothers who had previously created VKontakte. VK is Russia’s equivalent of Facebook, a social network used for public and private messaging, audio and video sharing as well as online gaming. In January, SimpleWeb reported that VK was Russia’s fourth most-visited website, after Yandex, YouTube and Google’s Russian-language homepage. In 2016, Forbes’ Michael Solomon described Pavel Durov (pictured, below) as the “Mark Zuckerberg of Russia.” Now safely in France with his spouse and three of his children, Kliuchnikov scrolls through Telegram to learn about the devastation happening in his home country. Oleksandra Matviichuk, a Kyiv-based lawyer and head of the Center for Civil Liberties, called Durov’s position "very weak," and urged concrete improvements.
from us


Telegram Seningdirman | Kundalik
FROM American