Telegram Group & Telegram Channel
⚠️ Diplomatik manbalarga ko’ra, oxirgi vaqtlarda Dushanbe hukumat koridorlarida Rossiya harbiy bazasini yopish masalasi keng muhokama qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu qarorni ko’rib chiqishga bir qator omillar sababchi.

1. Dushanbe o'z hududida Rossiya harbiy bazasini yopishni talab qilish qarori qisman Moskvaning tojik mehnat muhojirlariga bo'lgan munosabatidan norozilik tufayli yuzaga kelgan. Agarda Tojikiston haqiqattan ham Kremlni haydamoqchi bo’lsa, Rossiyaning mintaqamizdagi pozitsiyasi keskin o’zgarishi aniq.

Bu borada Tojikiston yetakchisining katta siyosiy tajribasi, xarakteri va qat’iyatligi Moskvani xavotirlantirmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, Putin bugun Rahmon bilan tojik migrantlari qatorida rus harbiy bazasining kelajagini muhokama qilgan.

2. Armanistondagi siyosiy tendensiya. Yerevanning rus qurolli kuchlarini mamlakat hududidan chiqartirish talabi nafaqat Janubiy Kavkazdagi geosiyosiy dinamikani o’zgartirdi, balki yaqin orada Markaziy Osiyodagi xavfsizlik rejimining o’zgarishiga olib kelishi mumkin.

Ta’kidlash joiz, Armanistonning Kremldan uzoqlashishi darhol yuz bermadi. Avval, Bosh vazir Pashinyan ma'muriyati hokimiyatga kelganidan keyin Armanistonni Rossiya ta'siridan uzoqlashtirib, G'arbga yo'naltirishni boshlagandi. So’ng, Ozarbayjon bilan urushda Moskvaning Armanistonni to'liq qo'llab-quvvatlay olmasligi armanlarning noroziligini kuchaytirdi va ularni G'arbdan yordam so'rashga majburladi.

Hozir esa, xuddi shunga o’xshash siyosat Dushanbega qarshi qo’llanmoqda. Migrantlarni chiqarib yuborish, chegarada qattiq nazorat tartibi o’rnatilishi va faollarning keskin chiqishlari tojik elitasining noroziligiga olib keldi.

Umuman olganda, Armaniston va Tojikiston Rossiya harbiy bazalarini yopishni talab qilishda davom etsa, bu mintaqadagi boshqa mamlakatlar tomonidan shunga o'xshash talablarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu nafaqat Rossiyaning ta'sirini kamaytiradi, balki Kavkazda ham, Markaziy Osiyoda ham keskinlikning kuchayishiga olib keladi.

Taxminlarga ko’ra, Moskva, ehtimol, Armanistonga ham, Tojikistonga ham mintaqadagi strategik pozitsiyasini yo'qotishdan qo'rqib, status-kvoni saqlab qolish uchun bosimni kuchaytirishi mumkin. Biroq, Armanistonning Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish haqidagi da'volari Moskvaning nazoratni o'rnatish harakatlarini murakkablashtirishi mumkin.

Aytishlaricha, Moskva o'z manfaatlarini himoya qilishga va harbiy bazalarini yopish talablari oqimining oldini olishga intilayotgani sababli, mintaqada sun’iy tartibsizliklar va mojarolarga start berish ehtimoli tobora oshmoqda. Ushbu keskinlikning oqibatlari Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoning geosiyosiy landshaftiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

#XavfsizlikMuammolari #Tahlil #MarkaziyOsiyo @StratFocusCA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🔥13💯43💩3🤨3🤬1🌭1

group-telegram.com/StratFocusCA/857
Create:
Last Update:

BY Strategic Focus: Central Asia

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/StratFocusCA/857

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

I want a secure messaging app, should I use Telegram? "There is a significant risk of insider threat or hacking of Telegram systems that could expose all of these chats to the Russian government," said Eva Galperin with the Electronic Frontier Foundation, which has called for Telegram to improve its privacy practices. In the past, it was noticed that through bulk SMSes, investors were induced to invest in or purchase the stocks of certain listed companies. "There are a lot of things that Telegram could have been doing this whole time. And they know exactly what they are and they've chosen not to do them. That's why I don't trust them," she said. In February 2014, the Ukrainian people ousted pro-Russian president Viktor Yanukovych, prompting Russia to invade and annex the Crimean peninsula. By the start of April, Pavel Durov had given his notice, with TechCrunch saying at the time that the CEO had resisted pressure to suppress pages criticizing the Russian government.
from us

Telegram Strategic Focus: Central Asia
FROM American