group-telegram.com/Toshkent_metropoliteni_rasmiy/6857
Last Update:
Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlari!
Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo’li yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oralig‘i bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.
Shu munosabat bilan Yer usti halqa yo’li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda.
Rejali profilaktik ishlarni keyingi navbatini amalga oshirish uchun 2025-yil 28-iyun sanasida boshlab, “Quruvchilar (12-bekat) - Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.
“Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati
***
Уважаемые жители и гости нашего города!
Уже несколько лет пассажирам предоставляют услуги станции и перегонные участки направления наземной кольцевой линии Ташкентского метрополитена, включающего 14 станций от «Технопарк» до «Кипчак».
Исходя из мирового опыта, для обеспечения безопасности движения поездов и пассажиров, а также повышения качества обслуживания на новых участках метро после определённого периода эксплуатации необходимо проведение плановых профилактических работ.
В связи с этим на участке наземной кольцевой линии между станциями «Технопарк – Кипчак» поэтапно проводятся плановые профилактические работы, рассчитанные на 3 месяца.
Для проведения следующего этапа плановых профилактических работ, с 28 июня 2025 года движение поездов будет приостановлено на участке между станциями «Курувчилар» (12-я станция) – «Янгиабад» (6-я станция).
С целью предотвращения неудобств для пассажиров, будет организовано бесплатное автобусное (метробусы) движение большой вместимости по маршруту «Кипчак – Янгиабад – Кипчак». Работа автобусов будет осуществляться ежедневно с 05:00 до 23:00.
Приносим извинения за доставленные неудобства.
Администрация ГУП «Тошкент метрополитени»