group-telegram.com/anasxon_xamdamov/10
Last Update:
Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor boʻlsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
🔹Yuqoridagi rasmda “Timsol”, “Moʻjaz”, “Milla Amor” kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.
Ⓜ️ Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.
🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BOʻLIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
📘”Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
🌐Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
https://www.group-telegram.com/us/anasxon_xamdamov.com
BY Anasxon Xamdamov

Share with your friend now:
group-telegram.com/anasxon_xamdamov/10