Telegram Group Search
Bu yerdagi mantiqni qanday asoslaysiz?

@birfoizbilim
31549462
Man eng ko’p guvohi bo’layotganim - Kibr, rostdan o’sishni o’ldiradi.

O’zim qattiq mashq qilayotganim o’zim bilan - quyidagi iborani teskarisi: qo’rquv, orzularni o’ldiradi.

@birfoizbilim
21577950
Yosh 37+.

Borgani sari ko’p narsa o’zgarar ekan. Endi risk qilishga odam shoshilmayapti. Bu qo‘rquvdan emas — bu chuqurroq o’ylashdan bo’lyapti. Huddiki har bitta qaror endi ko’proq vaznga egadek, har bitta xato ham dunyoni ostin ustun qivoradigandek. Oldin sakrab «davay-davay» qilardik g’oyani ko’rsak, endi esa… Endi esa huddi shaxmat o’yinchisiga o’xshab, 12 ta yurishni oldindan baholashga urinadigan bo’lib qolarkan.

Miya ba’zan har bir qarorni quyidagi filtrdan o’tkazadigan bo’lib qolar ekan.

1. «Bu narsa manga ruhan / iqtsodiy / ijtimoiy nima beradi?»
2. «Shu paytgacha qurgan nisbatan stabil hayotimga ta’sir qilmaydimi?»
3. «Shu paytgacha qilgan shunga o’xshagan ishlarimdan nima pand yegan edim?»

Bular qo’rquvdan emas, bular tajribadan. Hech nima qilmaslik ham riskni bir turi ekanini tushunar ekansan. Uning ham o’z badali bo’lar ekan:

1. rivojlanishdan to’xtab qolishlik,
2. «komfort» deb o’ylagan, aslida esa «botqoqlik zonasiga» botib qolish,
3. ochilmagan qirralar yopiqligicha qolib ketishi…

Aslida paradoks shundan iboratmikin deb o’ylayman. Ya’ni, 37 yoshingda eng katta risk — risk qilmaslikmikin?

@birfoizbilim
121064545
Nokia «confirmation bias» tufayli smartfonlarni "moda" deb yurib bankrot bo'ldi. Concorde samolyoti «sunk cost» tufayli 16 yil zarar ko'rib, 20 milliard dollar yo'qotdi. Restoran menyusida 450,000 so'mlik taomni ko'rgach, 180,000 so'mlik taom "arzon" tuyuladi — bu «anchoring bias». Xuddi shu xatolar tufayli noto'g'ri qarorlar qabul qilamiz, ortiqcha pul sarflaymiz, yomon shartnomalar imzolaymiz. Rolf Dobelli'ning 315 betlik kitobini o'zbek mentalitetiga moslab, 30 soatdan ko’p vaqt sarfladim. Asl kitob $28, tarjima va 30+ soatlik mehnat ~500$, audio taxrir ~200$ eksklyizvlik ~100$ — jami 10 million so'mlik qiymat.

Oyiga atigi 120,000 (4 ta kofe puli) so'm sarflab premium kanalga a’zo bo’lishinigiz mumkin. Yaxshigina qiymat olasiz. Quyida premium kanaldan olingan audio darsni BEPUL eshiting.

✔️ Premium kanalga a’zo bo’ling. Bonusiga yana ikkita bestseller kitoblarga sharhlarini ham qo’lga kiritasiz.

@birfoizbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5401610
6. Perevaldagi Patirlar
Xurshid Maroziqov
🏔🎁⚠️ Sizga perevalda bepulga patir tarqatishadi.

#dobelli
9623425
Forwarded from Ai mastava (beta)
O’zbekiston vaqti bilan bugun kechki 10 da, ChatGPT (OpenAI) taqdimoti bo’lishi kutilmoqda.

Nimalarni e’lon qilishi mumkin?

@aimastava
3792313
Forwarded from Ai mastava (beta)
GPT-5 hamma uchun, bepul va pulli foydalanuvchilar ham BUGUNDAN ishlatish mumkin bo’lar ekan.

@aimastava - sun’iy intellekt oddiy odamlar uchun.
7322
Forwarded from Ai mastava (beta)
Qiziqqanlar uchun 23:30 da qisqacha bugungi taqdimot haqida gaplashamiz. @aimastava kanalida. 6 daqiqadan keyin :D
5065
Buyuk odamlar «sinib ketgani» uchun buyuk emas. Buyuk odamlar sinib ketsa ham to’xtamagani uchun buyuk.

Konfutsiy
2226560
Poytaxt Parking degan «biznes» haqida: kimga tegishli bilmayman, lekin bolalari nogiron tug’ilsa, yoki qanaqadir ko’ngilsizliklar bo’lsa ishidami oilasidami, shularni odamlarni la’natidan deb hisoblasin. Odamlarni qarg’ishidan qo’rqsin. Odamlar bundan battar narsalarni aytib qarg’ashi mumkin.

Biror bir xizmat ko’rsatgani yo’q, na kamera kuzatuvi, na qo’riqlash, na assisted-parking, na bo’sh joy indikatori, hech narsa yo’q! Faqatgina jarima qog’ozi bor. Unda ham MCHJ yoki DUK yoki qanaqa kompaniya ekanligi ko’rsatilmagan. Manzili ham yo’q, Qonunchilikdagi bandlarni ro’kach qilib sudga berish bor xolos.

Telefon qildim, xop qachondan qachongacha to’lay degan savolimga ham javob yo’q. Click orqali to’lovda sizni aynan o’sha payt uchun turishingizga bog’laydigan ID raqam ham yo’q. Shunchaki odamlarni pulini olish.
151636832
Sun’iy Intellektga «Onalik Instinkti» kerak

Nobel mukofoti sovrindori va “AI otasi” deb tanilgan Geoffrey Hinton Las-Vegasdagi Ai4 konferensiyasida sun’iy intellektning inson naslini yo’q qilish xavfi haqida jiddiy ogohlantirish berdi:

"A.I tizimlari bizdan ancha aqlliroq bo'ladi va bizni osongina manipulyatsiya qilishi mumkin. Bu huddi, kattalar bolalarga konfet berib ularni aldaganidek oson bo'ladi. Bu muammoni hal qilish uchun yagona yechim - Sun'iy intellektga onalik instinktini "dasturlashimiz" kerak. Chunki jamiyatda o'zidan aqlliroq mavjudotni manipulyatsiya qilish faqat chaqaloqlarni qo'lidan keladi. Shu sabab biz ham hozirdan S.I ga onalik instinktlarini kirgizib borishimiz kerak. Aks holda hozirgi holatda insoniyatni yo'q bo'lishi havfi 10-20%"

@birfoizbilim

🗣 Sun'iy Intellekt yagiliklari
🗣 1% Premium
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5603127
Hozir telefoningizni oling. Agar telefoningizda Roblox degan dastur bo’lsa, farzandingiz havf ostida. Bu shunchaki beozor o’yinlar dasturi emas, bu kiberjinoyatchilar uchun ov maydoniga aylangan platformadir.

Tungi soat 02:22 — Yaqin do’stim Sarvar (ex-Payme, hozirda Hyssa kompaniyasi asoschisi) ROBLOX Qatarda bloklangani haqida xabar yubordi. Ertalabdan, bu haqida chuqurroq o’rganishga kirishdim. Bloombergda daxshatli maqola chiqqan ekan. Shuning o’ziyoq odamni esankiratib qo’yadi. Ya’ni sud da’volari shuni ko’rsatadiki, bu o’yinda yosh bolalarni o’g’irlash, jinsiy zo’ravonlikka tortish va ta’qib qilish holatlari muntazam ravishda sodir bo’ladi. Platformaning anonimligi va yoshni tasdiqlash tizimining yo’qligi tufayli iflos odamlar (pedofillar, jinoyatchilar) o’zlarini bola qilib ko’rsatib, o’nlab akkauntlarni bemalol boshqaradi. Bu atayin qilingan kamchiliklar alohida holatlar emas, balki foydalanuvchilar sonini ko’paytirishni bolalar xavfsizligidan ustun qo’yadigan biznes modelining natijasidir. Platformada yosh bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq o‘n minglab(!) holatlar qayd etilgan.

Xavf faqat «iflos odamlar» bilan chegaralanib qolmaydi. Roblox farzandingizning ruhiyati va hamyonini nishonga olgan qimor o‘yinlariga o‘xshash mexanizmlar bilan to‘la.

Mutahassislar bu tizimni “qo’rqinchli” va “bolalar qimor o’yini” deb ta’riflashadi, bu esa ularni bilmagan holda katta miqdorda pul sarflashga undaydi.

Bundan tashqari, platforma bolalarda qaramlikni keltirib chiqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ularning ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Kompaniya rahbariyatining o’zi ham ota-onalarga, agar platformadan xavotirda bo’lsalar, farzandlariga undan foydalanishga ruxsat bermaslikni maslahat beradi va mas’uliyatni o’zidan soqit qiladi.

Haqiqat shuki, biz ham o’z farzandlarimizni bunday manfur platformalardan uzoqroq tutishimiz kerak. Bolalar havfsizligi uchun hukumat darajasida Roblox ni faoliyatiga taqiq qo’ygan Turkiya, Indoneziya, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar qatoriga bugun Qatar ham qo’shildi. Siz ham bloklang.

Yaqinlaringizga ulashing.

Xurshid Maroziqov

@birfoizbilim
421413832
Agar sun’iy intellektdan foydalansangiz, bu premiyerani ko’rishingiz shart.

▶️ Bugun 21:30 da premiyera

AI va Miyamiz: Sun’iy Intellek Bizni «Tupoy» qiladimi?

@birfoizbilim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8574323
Boshlandi
661918
Tuzatish: Videodagi Toronto universiteti bilan qilingan tajribani biz tasdiqlay olmadik va Reddit olingan ma'lumot o'laroq "researchi" ga kirib qolgan. Lekin mohiyat o'zgarmaydi. Ai - kreativlikka salbiy ta'sir qilishi yuzasidan ilmiy ishlar olib borilgan. Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, suni'iy intellekt dizayn va boshqa kreativ sohasidagi odamlar unumdorligini 30-40%ga oshirgan, AMMO: Go'yalarning noyobligi, kreativlikni o'zi pasayib borgan.

Oxford University:
https://academic.oup.com/pnasnexus/article/3/3/pgae052/7618478

National Library of Medicine:
https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC10914360/

Videoda keltirilgan qolgan faktlar ham qayta fakt checking (tekshirildi)qilindi va tasdiqlandi.

@asadulloh_arxitektor va @ibodullayev_azzambek ka cheksiz minnatdorlik bildiraman. Rahmat!
30167
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy Intellekni o’rganish kerakmi?

@birfoizbilim - manfaatli kontent
571713
AI otasi ogohlantiradi

Geoffrey Hinton (“The Diary of a CEO” intervyusida) sun’iy intellektning xavfli jihatlari haqida gapirdi:

Kiberhujumlar – 2023–2024 yillarda ular soni 30 % ga oshdi. AI bu jarayonni tezlashtirmoqda.

Virus yaratish – endi hatto biologiyadan ozgina xabari bor odam ham AI yordamida xavfli viruslar yaratishi mumkin.

Ma’lumotlar xavfi
– AI’dagi zaif himoya sababli, unga bergan ma’lumotlarimiz ertaga bizga qarshi ishlatilishi mumkin.

@birfoizbilim - manfaatli kontent
1702921
Yevropa “o’lib boryapti”. 1960-yillardan boshlab yuqoridagi grafada tug’ilishning kamayishini ko’rishingiz mumkin.

Bugungi kunga kelib Yevropada o’limlar soni tug’ilishdan 1.26 milliontaga ko’p.

@birfoizbilim
6693424
AI ni sog‘lomroq o‘rganish

Hamma vazifalarni faqat AI ga topshirib qo‘yish emas, balkim undan yordamchi sifatida foydalanish kerak. Aks holda fikrlash qobiliyatingiz susayadi.


The Diary of a SEO ning yangi podcastida aynan shu mavzuda. Bu suhbatda Dr. Terry Sejnovski (Prinseton PhD, neyrobiolog va kompyutatsion neyrofan asoschilaridan biri) bu haqida o‘z fikrini aytdi:

"ChatGPTʼni noto‘g‘ri ishlatish (masalan, “menga insho yozib ber” deyish) miyani zaiflashtiradi.

Ammo agar interaktiv usulda yaʼni


savol berish “nima uchun?” va “qanday?” savollari bilan

- tanqid qilish :bu javobda qanday kamchiliklar bor?, qaysi joyi isbot talab qiladi?, qaysi joyi mantiqsiz yoki umumiy bo‘lishi mumkin

- va javobni tekshirish orqali: manba qidirish, boshqa dalillar bilan solishtirish, hayotda sinab ko‘rish,mantiqiy izchillikni ko‘rish

maʼlumotlar ko‘rib chiqilsa, shunda miyaning tanqidiy fikrlashi va bilim tarmoqlari yana-da mustahkamlanadi"

@birfoizbilim
672817
Bugun 14:00 da Raqamli Texnologiyalar Vazirligida Sun’iy Intellekt haqida gaplashamiz.

@birfoizbilim
40228
2025/08/23 19:56:11
Back to Top
HTML Embed Code: