Telegram Group Search
#Xalqaro_anjuman

Navoiy viloyati yirik xalqaro tadbir — “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qildi.

Mazkur anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, O‘zRes FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi hamda Navoiy davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda AQSH, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Pokiston, Yaponiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan taniqli olimlar, adabiyotshunoslar, navoiyshunoslar, mamlakatimiz oliygohlari professor-o‘qituvchilari, madaniyat sohasi faollari ishtirok etdilar. Jami 200 nafarga yaqin mutaxassis, jumladan, 40 dan ortiq xorijiy olim o‘z ilmiy maqolalari bilan qatnashdi.

Batafsil

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
18👍6😱1
“Ma’rifat ulashib” – ma’naviyat targ‘ibotining amaliy ifodasi

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar respublika bo‘yicha keng ko‘lamda davom etmoqda.

Mazkur tashabbus, Prezidentimiz ilgari surgan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyilini amalda ifoda etadi va yosh avlodni ma’rifatli hamda vatanparvar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Joriy o‘quv yilida 45 ta oliy ta’lim tashkiloti, 135 ta maktab va 72 ta mahallada jami 370 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 76 mingdan ziyod talaba, 27 mingdan ortiq o‘quvchi va 8 mingdan oshiq mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirlar doirasida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Gulxan atrofida mushoira” hamda “Adib bilan ko‘chat ekish” kabi ijodiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Yoshlar bilan samimiy muloqot orqali kitobxonlikni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
13👏1
2025/10/20 01:20:45
Back to Top
HTML Embed Code: