Telegram Group Search
#Mavsumga_hozirlik
#SHAYXONTOHUR_TETK

⚡️ SHAYXONTOHURDA KUZ-QISH MAVSUMIGA PUΧTA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA

🍁🛠 Shayxontohur tuman elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida, tuman hududlari bo‘ylab mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🍁🛠 Xususan, tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tumanning «Shodlik» MFY hududida joylashgan TP-3750-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirdi.

🍁🛠 Olib borilayotgan ta’mirlash ishlari natijasida aholi yashash xonadonlarining elektr taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.


🍁🛠 Ayni vaqtda, joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MAVSUMGA_HOZIRLIK
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

⚡️ JOYLARDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🍁🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

🍁🛠 Jumladan, tuman elektr ta'minoti ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «Asaka» MFYning Salar ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida TP-1675-sonli transformator punktidan chiquvchi HL-0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski alyumin simlar olib tashlanib, yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlari tortilmoqda.


🍁🛠 Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan uzatmani nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, salqi simlar tarangligi rostlash hamda tarmoqni to‘liq daraxt shoxlaridan tozalash ishlari bajarilmoqda.

🍁🛠 Mazkur loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq bajarilmoqda.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN 🎉

TUGʻILGAN KUNINGIZ MUBORAK, UMID XAYRULLAYEVICH!

Bugun, 21-oktyabr kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJning Elektr energiyasi oqimlari hisobi va yoʻqotishlarni kamaytirish masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari — XAMIDOV UMID XAYRULLAYEVICHning tugʻilgan kuni! 🎊🎉

Hurmatli, UMID XAYRULLAYEVICH
❗️

Sizni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati hamda jamoasi nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Yana bir yilni ortda qoldirib, hayotingizda yangi bosqich sari qadam qo‘yayotgan fursatda, Sizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilaviy osoyishtalik va xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umr yo‘lingiz doimo nurli va barakali bo‘lsin!

Yurtimiz energetika sohasiga qoʻshayotgan munosib hissangiz, mehnatsevarligingiz va masʼuliyat bilan yondashuvingiz barchamiz uchun ibratdir.

Sizga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, oilaviy farovonlik hamda faoliyatingizda yanada katta yutuqlar tilaymiz!


TAVALLUD KUNINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎉
🎂

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati
        ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


⚡️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Президент Ўзбек тили байрами муносабати билан халқимизни ва чет эллардаги юртдошларимизни табриклади.

Географик объектлар номларини давлат тили меъёрларига мувофиқлаштириш, янги тушунча ва атамаларни ўзбекчалаштириш, электрон манбалар яратиш бўйича ишлар давом этаётгани, ҳозирга қадар 72 номда қомус, луғат ва қўлланмалар чоп этилгани таъкидланди.

📝 Табрикдан иқтибослар:

🔖 «Келажагимиз эгаси бўлган ёш авлодимиз замонавий билимлар, инновация ва тараққиёт чўққиларини эгаллаши учун албатта чет тилларини ўрганиши лозим. Лекин улар миллий руҳ, миллий тафаккур эгаси, ватанпарвар инсонлар бўлиб вояга етишлари учун, аввало, ўзбек тили ва адабиётини болаликдан бошлаб пухта билишлари шарт».

🔖 «Рақамли оламда ўзбек тилида сифатли, илмий асосланган, қизиқарли ахборот ва маълумотларни кўпайтириш, хусусан, глобал электрон энциклопедия ва платформаларни давлат тилидаги илмий-оммабоп мақолалар билан бойитиш ҳам диққатимиз марказида бўлиши лозим».

🔖 «Бундан ўттиз йил олдин қабул қилинган Ўзбек тилининг асосий имло қоидаларини қайта кўриб чиқиш ҳам кечиктириб бўлмайдиган вазифаларимиз қаторига киради».

Каналга қўшилиш 👈
Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 17:23:55
Back to Top
HTML Embed Code: