🇺🇿 Sardor kim Sardor qanday bo‘ladi?🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti sizni sardor bo‘lishga chorlaydi! Haqiqiy sardor —
“bilimli”, ya’ni darslarda faol, yangiliklarga qiziqqan va bilim ulashishga harakat qiladigan o‘quvchidir. Haqiqiy sardor quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim
📖 “Bilimli” — Sardor darslarni yaxshi o‘zlashtiradi, yangiliklarga qiziqadi va boshqalarga ham bilim ulashishga harakat qiladi.
🚀 “Tashabbuskor” — har doim ilg‘or g‘oya bilan tashabbuskor, Yangi loyihalar, tanlovlar tashkillashtiradi va boshqalarni rag‘batlantiradi
🇺🇿 “Vatanparvar” — O‘z yurti, bayrog‘i, tili, madaniyati va tarixini yaxshi ko‘radi. Sardor boshqalarga ham Vatanga bo‘lgan muhabbatni targ‘ib qiladi, yurtga foydali bo‘lishni istaydi
🌟 “Namunali” — O‘zi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘ladi - darsda, odobda, muomalada. Sardorni ko‘rib boshqalar ham harakat qiladi
💪 “Kuchli” — Sardor sport bilan shug‘ullanadi, sog‘lom turmush tarzini tanlaydi. Boshqalarni ham jismonan chiniqish, to‘g‘ri ovqatlanish va faollikka undaydi. Uning kuchi nafaqat jismoniy, balki ichki iroda bilan ham mustahkamdir
🗓️ “Mas‘uliyatli” — Sardor ishonchli bo‘ladi Unga topshirilgan vazifani o‘z vaqtida va puxta bajaradi. Va‘dasida turadi, boshqalarga ham mas‘uliyat hissini o‘rgatadi
🎯 Sardor — bu ijobiy namuna, jamoaga ruh bag‘ishlaydigan, o‘z ustida doim ishlaydigan, fidoyi yetakchidir.📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube