Telegram Group Search
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jurnal_sahifalaridan

Go'zallik yaratish orqali ekologiyaga yordam berish mumkin!

♻️Chiqindi insoniyat oldida turgan global muammolar sirasiga kiradi. Qayta ishlash natijasida undan ko'plab mahsulotlar yaratishda foydalanilishini bilamiz. Ammo aynan mahalliy chiqindidan go'zal san'at asari yaratilishini-chi? Bizningcha, bunaqasini ko'rmagansiz!

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👶🏻Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun sun'iy intellekt yordamida boshqariladigan qurilma ishlab chiqarildi!

🌐Amerikaning LittleOne.Care startapi doirasida Elora — yangi tug'ilgan chaqaloqlar salomatligi darajasini aks ettiruvchi kichik qurilma ishlab chiqarildi. Qurilma ba'zi funksiyalari bilan kattalar uchun mo'ljallangan smart soatlarni eslatadi; ulardan farqli ravishda qo'lga emas, bolaning qorniga yopishtirib qo'yiladi.

🧩Aqlli qurilma bola uchun radioenaga vazifasini bajarishi va bola yig'laganda, bezovtalanganda bolaning ota-onasiga xabar beradi. Shuningdek, qurilma bola haqidagi ma'lumotlarni qayd etib boradi.

Manba: https://www.group-telegram.com/cybersciense

📌Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ling😉

Facebook | Telegram | Web | Instagram
#jurnal_sahifalaridan

🧿Xalqimizning azaldan saqlanib kelayotgan go'zal qadriyatlari borki, ularsiz dunyo zulmatga botardi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Masalan, yaxshilik qilish, mehr ulashish, qiyin kunlarda tirgak bo'lish, atrofdagilarga befarq bo'lmaslik va hakazo. Hozirda bu odatlarimiz biroz arigandek, ammo, Andijon viloyati, Andijon tumanidagi 3-maktabning informatika o'qituvchisi Tolibjon Mirzajonov shunday loyihalari bilan bu odatlarni yanada rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda...

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📣📣📣DIQQAT! DIQQAT! DIQQAT!

📖Ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop “Innovator” jurnalining "SUN'IY INTELLEKT" faoliyatiga bag‘ishlangan 2024-yildagi 2-soni elektron ko'rinishda taqdim etiladi.

🧐Sun'iy intellekt insonlar hayotini qay darajada osonlashtiradi?

🚀Yurtimizda sun'iy intellektni rivojlantiruvchi qanday loyihalar ishlamoqda?

🧿ML Community hamjamiyati sun'iy intellekt loyihalarini ishlab chiqarishga xizmat qiladi! Bu qay tarzda amalga oshiriladi?

🙋‍♀️Sun'iy ongni ishga sola olgan 16 yoshli qizZamira RUSTAMOVA!

🦾Endi maktab fanlarini birgalikda oson tarzda o'rganamiz!

📖Barchasi haqida “Innovator” jurnalining 2-sonida batafsil tanishing! Quyidagi havola orqali jurnalni "varaqlab" ko'ring😉

👉https://online.pubhtml5.com/mpkfr/lbvu/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#jurnal_sahifalaridan

🛠Yangi ixtiro va yangiliklar ustida ishlash uchun, albatta, chuqur bilim zarur. Texnikaga qiziqishi baland bo'lgan Nurbek Toshboyev o'z sohasidagi ilk faoliyatni maishiy texnika, elektronika qurilmalarini ta'minlashdan boshlagan. Hozirgi kunda Sirdaryo texnoparkida robototexnika, elektronika bo'yicha ishlab kelayotgan Nurbekning "Og'irlik kuchining mexanik ta'siridan elektr energiyasi ishlab chiqarish" loyihasi juda dolzarb va muhim masala yechimini topishga yordam bersa, ajabmas...

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/pacp/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#feedback

🗣“INNOVATOR” jurnalining qahramonlari va oʻquvchilaridan tahririyatimiz faoliyati haqida koʻplab fikr-mulohazalar kelib turadi. Murojaatlar esa ogʻzaki va yozma tarzda bildirilmoqda.

✍️Yaqinda Gulsevar Xoʻjamova qahramonimiz oʻzlarining feysbuk ijtimoiy tarmogʻida jurnal va uning bosh muharriri haqida oʻz fikrlarini qoldirgan ekan. Bu maʼlumotni ko‘rganimizdan so‘ng qahramonlarimiz va oʻquvchilarimiz bilan “aloqa” oʻrnatish fikri tugʻildi.

Ijtimoiy tarmogʻlarimiz orqali oʻquvchilarimz va qahramonlarimizning bizning manzilimizga yoʻllagan murojaatlarini endi boʻlishib borishni yoʻlga qoʻydik!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Doʻstlaringizni ham kanalimizga taklif qilishni unutmang 👉 https://www.group-telegram.com/Innovatorjurnali.com
Birinchi parashyutni kim ixtiro qilgan?
Anonymous Quiz
55%
Leonardo da Vinchi
18%
Nikola Tesla
13%
Tomas Edison
14%
Albert Eynshteyn
​​#ibrat

Gazeta sotuvchisi Bill Geytsdan boyroq odam

Bill Geyts dunyodagi eng boy odam, buni bilasiz. Undan soʻrashibdi:
– Dunyoda sizdan ham boyroq inson bormi?
– Ha, – deb javob beradi Bill Geyts. – Mendan ham boyroq bir inson bor. U paytlar men hali mashhur yoki boy emasdim. Bir kuni Nyu-York aeroportida gazeta sotayotgan kishini koʻrdim. Undan gazeta sotib olmoqchi boʻlib, hamyonimni ochsam, mayda pulim yoʻq ekan. Keyin gazetani sotuvchiga qaytarib berdim. Unga qarab “Mayda pulim qolmabdi, gazetangizni sotib ololmayman”, dedim. Shunda sotuvchi “Mayli, sizga tekinga beraman”, dedi. Men noiloj gazetani oldim. Oradan 2-3 oy oʻtib tasodifan men yana oʻsha aeroportga qoʻndim va bu safar ham gazeta sotib olish uchun mayda pulim yoʻq edi. Sotuvchi yana qoʻlimga gazeta tutdi. Men bu safar ham mayda pulim yoʻqligini aytib, gazetani rad qildim. U menga yana “Olavering, oʻzimning hisobimdan beryapman. Bu bilan men zarar koʻrmayman”, dedi. Men gazetani oldim.
Oradan 19 yil oʻtib men mashhur boʻlib ketdim, butun dunyo meni taniy boshladi. Keyin toʻsatdan oʻsha sotuvchi esimga tushib qoldi. Uni rosa izladim va bir yarim oy deganda topdim. Undan “Meni taniyapsizmi?” deb soʻradim.
– Ha, siz Bill Geytssiz, – dedi u.
– Esingizdami, bir safar siz menga tekinga gazeta bergansiz? – dedim.
– Esimda, ikki marta berganman, – dedi sotuvchi.
– Oʻsha vaqt qilgan yordamingiz haqini toʻlamoqchiman. Tilang tilagingizni, meni uni ado etaman, – dedim shoshgancha.
Sotuvchi menga qarab turdi-da, dedi:
– Janob, siz shu bilan mening yaxshiligimga toʻla javob qaytara olaman, deb oʻylaysizmi? Bu bilan qarzingiz uzilib qolmaydi-ku.
– Nega? – hayron boʻldim men.
– Men sizga kambagʻal sotuvchi boʻlgan paytim yordam berganman, siz esa badavlat boʻlgachgina yordam bermoqchisiz. Dunyodagi eng boy odamga aylangach qiladigan yordamingiz mening nochor paytda qilgan yordamimga qanday qilib teng boʻladi? – dedi u.
Oʻsha kuni gazeta sotuvchisi mendan ham boyroq, mendan ham badavlatroq ekanini angladim. Chunki u odamlarga yordam berish uchun boyib ketishni kutmagan. Haqiqiy boy odam bu – puli koʻp odam emas, balki yuragi boy odam hisoblanadi.
Odamlar shuni tushunishi kerak: kimningdir hojatini chiqarsangiz, yaxshilik qilsangiz, siz dunyodagi eng boy odamsiz.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#jurnal_sahifalaridan

"Bugun har bir sohaning rivojida bevosita texnologiyalarning o'rni beqiyos. Ularning vaqtni tejashi, ko'plab vazifa va yumushlarni yengillashtirishi insoniyat uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim qilmoqda. Olamshumul yangiliklarning so'nggi yillardan butun dunyo texnologiyalar olamiga jadallik bilan kirib kelayotgan sun'iy intellekt yordamida bajarilayotgani hech kimga sir emas..."

Aslida, sun'iy intellekt nima? U nimalarga qodir? Qanday yaxshi va yomon tomonlari bor? Kelajakda qaysi kasblarni butunlay egallashi mumkin? "INNOVATOR" jurnalining sun'iy intellekt faoliyatiga bag'ishlangan maxsus sonida shu kabi savollarga to'liq javob olishingiz mumkin. Suhbatdoshimiz Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining AKT bo'yicha maslahatchisi hamda Sun'iy intellekt maslahat kengashi raisi, falsafa doktori (PhD, iqtisodiyot fanlari bo'yicha) Bobur Rahimov.

📌Batafsil INNOVATOR jurnalining 1-sonida tanishing!👇👇👇
https://online.pubhtml5.com/jhog/trtt/

Facebook I Telegram I Web I Instagram
2024/05/31 23:49:58
Back to Top
HTML Embed Code: