Telegram Group Search
“Sen iste’dodlisan” tanlovining Hazorasp tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Hazorasp tumani MMTBga qarashli maktablarda inklyuziv sinflarda va uyda yakka tartibda ta’lim oluvchi o‘quvchilar o‘rtasida 1-son maktabda “Sen iste’dodlisan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlov estrada-vokal va tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

🎨 Tasviriy san’at yo‘nalishi:
🥇 Shuxratova Mahliyo (1-maktab, 5-sinf)
🥈 Begijonova Zulfiya (40-maktab)
🥉 Rajabboyeva Bahoroy (20-maktab)

🎤 An’anaviy ijrochilik yo‘nalishi:
🥇 Otamutotov Yaxyobek
🥈 Berdiboyev Husniddin


🏅 G‘oliblar tuman MMTBning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Xiva shahridagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham umummilliy diktant loyihasi o‘tkazildi.

Diktant yakunida eng yuqori natijaga erishgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
📢📢📢📢📢
#ishga_taklif_etamiz

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni O'QUV ISHLARI BO'YICHA DIREKTOR O'RINBOSARI lavozimiga ishga taklif etiladi!

Nomzod Raqamli hukumat foydalanuvchilarining yagona identifikatsiya tizimi ONE IDdan ro'yhatdan o'tgan bo'lishi kerak, ma'lumotlar shu tizim orqali tortib olinadi.

IELTS/CEFR sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:

halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.


🌍 https://vacancy.piima.uz sayti orqali ariza berilishi kerak.
“Sen iste’dodlisan” tanlovi – Yangiariq tuman bosqichi

Inklyuziv ва uyda ta’lim olayotgan 3–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

🎤 Estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik):
🥇 Farxodov Fozilbek (5-maktab)
🥈 Saparbayev Umidbek (26-maktab)
🥉 Baxtiyarov Shoxzodbek (22-maktab)

🎨 Tasviriy san’at:
🥇 Mutaki Farangiz (31-maktab)
🥈 Masha’ripova Ma’rifat (26-maktab)
🥉 Sa’dullayeva Husniya (6-maktab)


🏅 G‘oliblar tuman MMTB tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👍1🔥1
📚 Xorijiy tajriba – pedagoglarning kasbiy yuksalishi sari dadil qadam! 📚

Bugungi tez o‘zgarayotgan davrda ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbarining maktab ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasidagi tashabbuslari natijasida Qo‘shko‘pir tumanining ilg‘or pedagoglari –
🔹 Raximov Izzat, 39-maktabning kimyo fani o‘qituvchisi
🔹 Raximov Jahongir, 1-sonli AFChO‘MIning kimyo fani o‘qituvchisi hozirda Ozarbayjonning Boku shahridagi Rabotatexnika markazida malaka oshirish stajirovkasida ishtirok etmoqdalar. 🌍🇦🇿

🔺 Ular xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuvlarda qatnashmoqdalar.
🔺Tajriba almashuv darslari va interfaol mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqdalar.
🔺 Texnik ta’limda raqamli platformalar va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

🌐 Ushbu stajirovka pedagoglarga:
✔️ xalqaro ta’lim standartlarini o‘rganish;
✔️ o‘quvchilarda kreativ fikrlash va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish tajribasini ko‘rish;
✔️ kelgusida o‘qituvchilar uchun metodik seminar va amaliy treninglar tashkil etish imkonini bermoqda.

📌Prezident tashabbusi bilan yaratilgan imkoniyatlar pedagoglarimizga xorijiy tajribani o‘rganib, uni mahalliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish uchun keng yo‘l ochmoqda.
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Ayrim bolalar uchun bogʻcha pulining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan “Kambagʻal oilalar reestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi. Unga koʻra:

ota-onalar toʻlovining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari roʻyxati “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi;

kompensatsiya oilaviy MTTga tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida ajratiladi;

kompensatsiya miqdori oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, tegishli bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi;

oilaviy MTTga qabul qilingan ayrim toifadagi oilalar farzandlarining soni belgilangan miqdordan koʻp boʻlganda, ro’yxat ayrim toifadagi oilalarning quyidagi ustuvor ketma-ketligi asosida aniqlanadi:

➡️ “qizil” toifa;
➡️ “sariq” toifa;

kompensatsiya belgilangan ayrim toifadagi oilalar farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimidagi ota-onalar shaxsiy kabinetida aks etadi;

👉 Qarorga asosan:

kompensatsiya belgilanganligi yoki toʻxtatilganligi haqidagi xabar ota-onalarga mobil ilova hamda telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborish orqali yetkaziladi;

ayrim toifadagi oila “Kambagʻal oilalar reestri” axborot modulida “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga oʻtkazilganda, kompensatsiya keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlab boriladi
.

👉 Nizomning to‘liq matni

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Bayram_muborak

25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Hurmatli tinchligimiz va osoyishtaligimiz posbonlari!

Sizlarni ushbu qutlug‘ sana — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

🛡 Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz tahsinga loyiq.

Tilaklarimiz:
Sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘lsin,
Oilaviy hayotingiz fayzli bo‘lsin,
Yurtimiz osoyishta, xizmatlaringiz samarali bo‘lsin!

Bayramingiz muborak, fidoyi posbonlar!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Forwarded from KHISO KHOREZM (Adhamjon Ubaydullayev)
📌Bugun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni!

‼️Shoshiling! KHISO olimpiadasi va xalqaro OLYMPIAD USA ga roʻyxatdan oʻtish 25-oktyabr, soat 18:00 ga qadar davom etadi.

❗️Oflayn olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtish:
🔣 offline.khiso.uz

❗️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma (havola ustiga bosing!):
📲 www.group-telegram.com/khiso/5059

❗️Manzil: Urganch shahrida joylashgan 6-sonli maktab binosi.

📌 LOKATSIYA ➡️ Maktab joylashuvi

❗️Qo‘shimcha savollar uchun:
💬 @khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

➡️Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.

Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

⬇️Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

◀️Kasbiy ta’lim agentligi:

◀️ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

◀️kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

◀️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

◀️Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

⬇️2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

➡️davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

➡️Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Ijodiy sinov reja-grafigi .pdf
268.4 KB
#attestatsiya

🛜Attestatsiya jarayonlarida o‘quv fanidan malaka sinovlarini ijodiy va nazariy shaklda topshiradigan pedagog kadrlar diqqatiga!

🗓 Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari, Respublika musiqa va sanʼat texnikumi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk texnikumi, Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyining mutaxassislik fanlari boʻyicha pedagog kadrlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilarining oʻquv fanidan malaka sinovlarini ijodiy va nazariy (ogʻzaki, yozma) shaklda joriy yilning 27-oktyabrdan 5-noyabrgacha o‘tkazilishi belgilandi.

📝 Hududlar kesimida pedagog kadrlarning o‘quv fanidan malaka (ijodiy, nazariy) sinovlarini o‘tkazish joyi, manzili va sanasi reja-grafikda belgilangan.

📄 O‘quv fanidan malaka (ijodiy, nazariy) sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadi — Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda to‘ldirilgan SO‘ROVNOMA

Madaniyat ta'limi markazi

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 09:57:12
Back to Top
HTML Embed Code: