Telegram Group Search
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar.

👍Soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi

👍Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo'yicha profilaktik tadbirlar

👍 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining sharafli sanasi bilan

👍O‘zbek tili - yurtimizning ma’naviy timsoli, xalqimizni birlashtiruvchi muqaddas boyligidir.

👍O‘zbek tili — millat iftixori, yurtimiz g‘ururidir!

👍Soliqlar va yig‘imlar stavkalarining o‘zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to‘g‘risidagi

👍RAQAMLASHTIRISH – SHAFFOFLIK VA ADOLAT SARI ISHONCHLI QADAM

👍Soliq to‘lovchi ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda soliq auditi, soliq to‘lovchining

👍Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

👍O‘ZBEK TILI BAYRAMI

👍 2025-yil 17–22 oktabr kunlari O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi markaziy sport zalida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smir

👍Soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda buyurtma xat

👍Toshkent viloyati bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi

👍Tadbirkorlar endi mavsumiy faoliyat uchun tutash yer uchastkalarini E-ijara tizimi orqali ijaraga olishlari mumkin

👍Kameral tekshiruvi soliq to‘lovchilarning 7,3%ida o‘tkazilgan

👍25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

#soliqpressa#dayjest  

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_kodeksi

Ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk, mazkur shartnoma shartlariga ko‘ra, ishonchli boshqaruv muassisiga qaytarilishi yoxud boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.

⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 322 -moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Halollik va sadoqat


Har bir inson o‘z nafsini jilovlay olish, halollik va oq-u qorani taniy oladigan yuksak ong-u tafakkurga ega. Bu ayniqsa, korrupsiya degan illatning oldini olishda insonning odamiylik qiyofasini namoyon etadigan yagona omildir.

Afsuski, jamiyatimizda, davlat xizmatchilari orasida uchrayotgan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda nafsiga qul bo‘lib, shayton nayrangiga aldanganlarning pushaymon-u nadomatlarini ko‘rib, takror-takror achinish hissini tuyamiz.

Soliq qo‘mitasining katta majlislar zalida tizim xodimlari o‘rtasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida “Ishonch va nafs chegarasi” nomli maxsus film namoyish etildi.

Ta’kidlanganidek, ochiqlik, xolislik va halollik har bir soliq xodimining bosh maqsadi bo‘lishi shart. Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan tegishli organlar bilan hamkorlikda suratga olingan mazkur film namoyishi ham xodimlarning o‘zlariga tegishli xulosa chiqarishi, avvalo biror nojo‘ya tashlangan qadam ortida davlat, xalq, oila va ota-ona, farzandlar taqdiri turganligini ich-ichidan his etishiga muhim asos bo‘ladi.

O‘z navbatida mazkur film barcha soliq organlarida belgilangan reja asosida namoyish etilib, har bir xodim ongiga qonunlarga rioya etgan holda xizmat qilish, halol va shaffof ish olib borish bosh vazifa ekanini singdirishga alohida e’tibor qaratiladi. Pirovard maqsad, soliq tizimini korrupsiyadan holi tuzilmaga aylantirish, soliq to‘lovchilarga ochiq va qonuniy xizmat ko‘rsatish.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 82 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2025-yilning yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 82 857 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹74 970 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹3 001 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹184 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹4 702 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 41 702 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.

🔍Murojaatlar asosida 34 196 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98,8% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 34 139 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 24,1 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
______

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Bir oyda qancha keshbekni olish mumkin

Oylik xarid summasidan keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatilgan. Unga ko‘ra:

1️⃣🔤 keshbek - iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (24 720 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 247 200 so‘m olishi mumkin.

1️⃣2️⃣🔤 keshbek - “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan iste'molchilar bir oyda BHMning 10 baravaridan (4 120 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 441 428 so‘m olishi mumkin.
👉 PQ-13-son,10.01.2024-y

👉Ijtimoiy keshbekni bank kartasiga qanday o‘tkazish mumkin va o‘tkazilgan summalarni qayerdan ko‘rish mumkin?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Halollik va sadoqat


👍 Toshkent viloyati soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan boshqarma hamda Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi ishtirokida Korrupsiya va uning ayanchli oqibatlarini xodimlar e’tiboriga yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

👍Tadbir doirasida “Ishonch va nafs chegarasi” nomli hujjatli film namoyish qilindi. Filmda xizmat vazifasini vijdonan bajarish, halollik va poklik tamoyillariga rioya qilish hamda nafsga qarshi kurashishning ahamiyati haqida so‘z bordi. Yig‘ilishda film orqali jamoa a’zolariga korrupsiyaning zararli oqibatlari, uning jamiyat va tashkilot rivojiga salbiy ta’siri yana bir bor yodga solindi.

👍 Shu bilan birga, Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va fuqarolik burchi haqida tushuntirishlar berildi.

👍Bu kabi tadbirlar reja-grafik asosida Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida davom etadi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_bolishi_mumkinmi

65 mlrd soʻmdan ortiq savdo amalga oshirilgan bo'lsa-da, budjetga atigi 200 ming soʻm miqdorida soliq toʻlangan xolos

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Masalan, 2025-yil iyun oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tashkil etilgan “Baza” MChJ (nomi o‘zgartirilgan) ustav jamg‘armasi 15 mln so‘mni tashkil etgan. Korxona egaligida yoki ijarada mulk, ishchi va transport vositalarisiz faoliyat yuritgan holda 65,1 mlrd so‘mlik (shundan QQS – 7 mlrd so‘m) har xil turdagi metal mahsulotlari hamda transport xizmatlari bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Rasmiylashtirilgan EHFlar bo‘yicha joriy yil sentabr oyi uchun soliq hisobotlari topshirilmagan, faoliyati davomida esa budjetga atigi 200 ming so‘m soliq to‘langan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
__________
#разве_такое_возможно?

При реализации свыше 65 миллиардов сумов в бюджет уплачено всего 200 тысяч сумов налогов...

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО "Baza" (название изменено) зарегистрировано в июне 2025 года с уставным фондом в 15 млн сумов и видом деятельности – оптовая торговля.

В своей деятельности предприятие при отсутствии собственных или арендованных транспортных средств и работников, оформило ЭСФ на общую сумму 65,1 млрд сумов, в том числе НДС – 7 млрд сумов, на реализацию различных видов металлической продукции и оказание транспортных услуг.

При этом данным юрлицом налоговая отчетность за сентябрь текущего года не представлена, а сумма уплаченных налогов в бюджет за весь период деятельности составила всего лишь 200 тыс сумов.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_kodeksi

🔎Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda, toʻxtatib turilgan majburiyatlarning bajarilishi qaror qabul qilingan kundan tiklanadi.

⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 95-moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#QQS

O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida ma'lumot

2025-yil 1-oktabr holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 234 711 tani tashkil etdi. Bu 2024-yilning 1-oktabrga nisbatan 17,6% ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
🔹savdo – 82,6 ming;
🔹qishloq xoʻjaligi – 48,3 ming;
🔹sanoat – 28,2 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔸xizmat ko'rsatish59,5%;
🔸transport16%;
🔸axborot va aloqa 7,4%.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi_?

⁉️SAVOL
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, muddatning tugashi qaysi kun hisoblanadi?

✔️JAVOB
Dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/28 06:13:28
Back to Top
HTML Embed Code: