Telegram Group Search
Guliston shahrida ma’naviy sayohat tashkil etildi

Guliston shahri oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan nuroniylar, ko‘chaboshilar hamda oqila ayollar uchun muzeyga sayohat uyushtirildi.
Tadbirning asosiy maqsadi-milliy an’analarimiz va tarixiy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishdan iboratdir.

Sayohat davomida ishtirokchilar muzeydagi milliy merosimiz, tarixiy eksponatlar, buyuk ajdodlarimiz faoliyati va ularning boy madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu sayohat ularda milliy g‘urur va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.

Tadbir ishtirokchilari tashabbuskorlarga minnatdorchilik bildirib, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar ko‘proq tashkil etilishini ta’kidladilar. Ularga ko‘ra, bunday uchrashuv va tashriflar hamjihatlikni mustahkamlaydi, jamoada birdamlik va mehr-oqibat muhitini yaratadi.

Shahar oila va xotin-qizlar bo'limi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kun.uz | Rasmiy kanal
Turar joy majmualarining nomi o‘zbek tilida bo‘lishi talabi qo‘yildi

Hukumat qaroriga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joy majmualarini qurishda obyektning nomi davlat tilida bo‘lishi kerak. Shuningdek, bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydoni atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar ham o‘zbek tilida bo‘lishi talab etiladi.

👉 https://kun.uz/05909630

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 «Diyor yangiliklari»: Guliston shahrining Namuna mahallasida «Kitoblar aksiyasi» bo‘lib o‘tdi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
«Oila muqaddas, ajrim - yechim emas!»

2025-yil 24-oktabr kuni Guliston shahrida «Oila muqaddas, ajrim - yechim emas!» mavzusidagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 14-oktabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat «Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi»ning ajrashish yoqasidagi oilalar bilan individual yarashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida «Oila muqaddas, ajrim - yechim emas!» mavzusidagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Barcha mas‘ullarning «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda oilalar mustahkamligini ta’minlash masalalariga har qachongidanda e‘tiborliroq bo'lishlari qat'iy ta‘kidlandi. Zero, mustahkam oila - barqaror jamiyat asosidir!

Shahar oila va xotin-qizlar bo'limi

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
🔥1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Guliston shahrining Ibratli mahallasida banan daraxti parvarishlanmoqda

➡️ Telegram | Facebook | Instagram
1👏1
2025/10/25 02:20:12
Back to Top
HTML Embed Code: