Telegram Group Search
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Texnikumlardagi chet tili o‘qituvchilari uchun yangilik!

👨‍🏫 Ingliz, nemis, koreys yoki yapon tilini o‘rgatasizmi? Sizning mehnatingiz e’tirofga loyiq!

🏢 Migratsiya agentligi chet tili o‘qituvchilarini rag‘batlantirish maqsadida subsidiya dasturini e’lon qildi.

💰Agar sizning o‘quvchilaringiz xalqaro B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat olgan bo‘lsa, siz 50 million so‘mgacha subsidiya olishingiz mumkin!

💬 Qatnashish uchun:
1️⃣ my.gov.uz orqali 2025 yil 25 noyabrgacha ariza bering.
2️⃣ O‘quvchilaringiz haqidagi ma’lumotlarni kiriting.
3️⃣ Reytingda ishtirok etib, g‘oliblar safida bo‘ling!

⚠️ E’tibor bering:
Bu imkoniyat faqat texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilariga tegishli.
(Ariza berishda o‘quvchilarning xalqaro sertifikatlarini yuklash talab etiladi.)


🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🔥3💯2🎉1
🎓 Talabalar uchun xushxabarimiz bor!

👩‍💻 Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, endi ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin!

👉 Buning uchun universitet va bank o‘rtasida yugurish shart emas, hammasi my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi:

💬 Portalga kiring.
💬Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang.
💬 Hech qanday hujjat talab etilmaydi, tizim avtomatik ravishda tekshiradi.

💰 Ariza ijobiy ko‘rilgan taqdirda:

⏺️Toshkent shahridagi talabalar — 1 BHM,
⏺️ Viloyatlardagi talabalar — 0.5 BHM miqdorida to‘lovni qaytarib oladi.

📅 Arizalar har oyning 1–7 kunlari qabul qilinadi.

📱 my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va vaqtingizni tejang!

▶️https://youtube.com/shorts/YWfldpiGQ5o

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🤩7🔥6🐳3👌2
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🗣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

Imtihonning yozma qismi — 15-16-noyabr kunlari;
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 17–28 noyabr va 1–5 dekabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

🆔 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):
https://telegra.ph/Chet-tili-11-11

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3👏2
❗️Endi Toshkent shahridagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish yanada qulay!

🔎 Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish jarayonini qulay va shaffof amalga oshirish maqsadida Toshkent shahrida ushbu xizmatni ko‘rsatish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.

📝 Endilikda buyurtmachilar my.gov.uz portali orqali Toshkent shahri bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish uchun ariza yuborayotganda quyidagi ma'lumotlarni ham kiritishlari lozim:

💬 Binolar soni;
💬 Qavatlar soni;
💬 Qurilish maydoni;
💬 Umumiy maydon.

🟡 Kiritilgan ma'lumotlar inson omilisiz “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali Toshkent shahrining bosh rejasidagi shaharsozlik me’yorlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.

📱 Agar ko‘rsatkichlar Toshkent shahrining bosh rejasi talablariga mos kelsa ariza keyingi bosqichga o‘tadi, aksincha bo‘lsa ariza yuborilmaydi va bu haqida foydalanuvchiga xabar beriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👌6🤩3🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Ajoyib yangilik!

📁 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan, bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi soddalashtirildi hamda raqamlashtirildi.

💰 Endi bank hisobvarag‘ini ochish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini my.gov.uz portali yoki "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi orqali taqdim etishingiz mumkin!

📱 my.gov.uz — bu nafaqat davlat xizmatlari, balki moliyaviy qulayligingiz kaliti hamdir!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2🐳1
⚡️ OneID'da yangi imkoniyat!
👤Shaxsga doir maʼlumotlaringizni toʻliq oʻzingiz boshqaring!

❗️Hurmatli foydalanuvchilar!

📱 "Raqamli hukumat" tizimi shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligi va shaffofligini yangi bosqichga olib chiqmoqda! Endilikda OneID — Yagona identifikatsiya tizimidagi shaxsiy kabinetingiz orqali shaxsga doir maʼlumotlaringizni oʻzingiz nazorat qilish va boshqarish imkoniyatiga egasiz!

👉 Ushbu funksiya Raqamli maʼlumotlar platformasi bilan integratsiyalashgan boʻlib, sizga quyidagi kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi:

💬 Shaxsga doir maʼlumotlarni koʻrish va yangilash: Davlat tashkilotlari axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning dolzarbligi va toʻgʻriligini nazorat qilish hamda nomuvofiqliklarni bartaraf etish.
💬 Maʼlumot almashuvini umumiy boshqarish: Davlat organlari bilan shaxsga doir maʼlumotlaringizning umumiy almashuv jarayonini nazorat qilish.
💬 Foydalanish boʻyicha ruxsatlarni nazorat qilish: Maʼlumotlaringizdan foydalanish uchun berilgan ruxsatlarni koʻrish va ularning muddatini boshqarish.
💬 Tijorat tashkilotlarini monitoring qilish: Shaxsga doir maʼlumotlaringizni olish huquqiga ega boʻlgan tijorat tashkilotlari roʻyxatini koʻrish.
💬 Maʼlumot uzatishni bloklash imkoniyati: Tijorat tashkilotlariga maʼlumot uzatishni istalgan vaqtda bloklash va noqonuniy tarqatishning oldini olish.
💬 Soʻrov turlari ustidan boshqaruv: Soʻrov turlari (kredit, ishga qabul) ustidan nazorat oʻrnatib, maʼlumotlaringizning faqat maqsadli ishlatilishini taʼminlash.

🔔 Mazkur imkoniyatlar id.egov.uz tizimidagi shaxsiy kabinetingiz orqali amalga oshiriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48🔥7🤩4💯4👌1
❗️ Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini my.gov.uz orqali tez va oson olish tartibi bilan tanishing.

📱 Buning uchun bosh sahifadan "Sog'liqni saqlash" bo'limiga o’tib, tegishli xizmatni tanlang.

🔵 Xizmat tavsifi bilan tanishgach foydalanishni boshlang. Ma'lumotnoma kim uchun, ya'ni o'zingiz yoki farzandingizga olinayotganini korsatib, matematik amal javobini yozing va tekshirish tugmasini bosing.

📁 Sizga shu onning o'zida quyidagi ko’rinishdagi ma’lumotnoma taqdim etiladi. Uni istalgan vaqtda yuklab olib, so'ralgan joyga berishingiz mumkin.

❗️ESLATMA! Ushbu maʼlumotnomani elektron tarzda olish uchun fuqaro avval tibbiyot muassasasiga murojaat qilib, shifokor koʻrigidan oʻtgan va unga rasmiy ravishda varaqa ochilgan boʻlishi kerak!


📱My.gov.uz bilan barchasi oson, tez va qulay!

▶️ https://youtu.be/1CO0Zo3ZxbA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🐳3👏2🎉1
❗️ Ознакомьтесь с порядком быстрого и удобного получения листка временной нетрудоспособности через my.gov.uz.

📱 Для этого на главной странице перейдите в раздел «Здравоохранение» и выберите соответствующую услугу.

🔵 После ознакомления с описанием услуги начните оформление. Укажите, для кого оформляется справка — для вас или вашего ребёнка, введите ответ на математическое выражение и нажмите кнопку проверки.

📁 В этот же момент вам будет предоставлена справка в указанном формате. Её можно скачать в любое время и предоставить по месту требования.

❗️НАПОМИНАНИЕ! Чтобы получить данную справку в электронном виде, гражданин должен предварительно обратиться в медицинское учреждение, пройти осмотр врача, и на его имя должен быть официально открыт листок нетрудоспособности!


📱С my.gov.uz всё просто, быстро и удобно!

▶️ https://youtu.be/1CO0Zo3ZxbA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🎉4
📱MyGov ilovasi orqali kommunal xizmatlar iste’molini onlayn kuzatish va to‘lovlarni oson amalga oshirish tartibi bilan tanishing.

Hammasi juda oddiy va bir joyda jamlangan!

📱Dastlab MyGov ilovasini oching.
Profilingizga o‘tib, "Mening uyim" bo‘limini tanlang.

💬 Bu yerda siz nafaqat yashash manzilingiz va mulkka doir hujjatlarni ko‘rasiz, balki:
Soliqlar holatini;
Elektr energiyasi hamda Tabiiy gaz iste’molini;
Issiq suv va isitish tizimi holatini;
Sovuq suv va chiqindi xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

❗️Eng muhimi — kuzatish bilan bir qatorda, aynan shu yerning o‘zida, kommunal to‘lovlarni ham bir zumda amalga oshira olasiz!

MyGov bilan kommunal xizmatlar iste’molini doimiy ravishda onlayn kuzating va to‘lovlarni qulay amalga oshiring!

▶️https://youtube.com/shorts/zZvql-f4UVg?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥8🎉4👏2
17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak!

🎓 Aziz talabalar!
🗣Raqamli Hukumat loyihalarini boshqarish markazi sizlarni Xalqaro talabalar kuni bilan samimiy qutlaydi! Siz – mamlakatimizning innovatsion salohiyati va raqamli kelajagimizning asosiy poydevorisiz.

💻 O‘quv jarayonlari va ijtimoiy hayotingizni byurokratik to‘siqlardan holi etish, vaqtingizni ilmiy izlanish va kasbiy o‘sishga yo‘naltirishingiz uchun my.gov.uz portalida alohida imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, eng dolzarb ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirilgan.

🗄Bugun siz uyidan chiqmagan yoki ta’lim olishdan uzilmagan holda quyidagi xizmatlardan onlayn foydalanishingiz mumkin:

1. O‘qish joyidan rasmiy ma’lumotnoma olish OTM, litsey yoki kasb-hunar muassasasidan zarur ma’lumotnomani
elektron shaklda va qisqa muddatda olish imkoni.

2. Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ijara to‘lovi kompensatsiyasi
Oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun arizani shaffof va onlayn topshirish.

3. Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza
Yotoqxonaga joylashish masalasini elektron navbat asosida rasmiylashtirish.

4. Hisoblangan stipendiya to‘g‘risida ma’lumot
Hisoblangan stipendiyalar miqdori va davri haqida rasmiy tasdiqlangan ma’lumot olish.

5. Chet tilini bilish darajasini aniqlash
Barcha fanlardan bilim darajasini aniqlash hamda milliy sertifikat olish uchun imtihonga ariza yuborish.

6. Xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish (nostrifikatsiya)
Chet elda olingan diplomni O‘zbekistonda tan olish uchun rasmiy arizani masofadan yuborish.

7. Ta’lim hujjatlari dublikatini olish
Yo‘qolgan davlat namunasi hujjatlarining dublikatini olishga rasmiy murojaat qilish.

8. Diplom ma’lumotlarini qo‘shish va tahrirlash
O‘rta maxsus va professional ta’lim diplomidagi ma’lumotlarni qo‘shish va tahrirlash bo‘yicha ariza yuborish.

⚡️Barcha talabalarga oltinga teng yillari muvaffaqiyatli, ilmiy yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!

❗️Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉32👍21👏7🔥6🐳4
🇺🇿18-noyabr —O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun!

Millat bayrog‘i – g‘ururimiz, or-nomusimiz, ahil xalq ekanligimiz va porloq kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonchimiz ramzidir!

🇺🇿 Uning zangori rangida musaffo osmonimiz va obihayot, oq rangida tinchlik va poklik, yashil rangida tabiatimiz go'zalligi, qizil chiziqlarida esa hayotiy kuchimiz aks etgan.

🗣 Bayrog‘imiz bizni doimo yangi marralar sari ilhomlantiradi. U farzandlarimizning baxtli va farovon hayoti yo‘lidagi ezgu intilishlarimizga cheksiz kuch va g‘ayrat baxsh etadi.

Ona Vatanimiz timsoli, bugun 34 yoshini nishonlayotgan bayrog‘imiz mustaqilligimiz ifodasi sifatida jahonning yuksak minbarlarida doimo hilpirab turaversin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48🎉34👏10🔥7
🇺🇿 Bayrog‘imiz abadiy hilpirab tursin!

Yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz!

▶️ https://youtu.be/Wwb_5A8X3GI

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍68🎉19💯6👏3🐳3
🗣 Ichki va tashqi turizmda interaktiv xizmatlar va raqamlashtirish jarayonlari haqida suhbatlashamiz

▶️ "Qulay hayot" podkastining navbatdagi sonida biz ichki va tashqi turizm yo'nalishlarida yo'lga qo'yilayotgan interaktiv xizmatlar va yangi texnologiyalar haqida ma'lumot berishga harakat qildik.

🔝 Unda sayohatchilar uchun yaratilayotgan qator zamonaviy yechimlar haqida so'z bordi.

Shuningdek, sayohatni rejalashtirishdan boshlab, uning har bir daqiqasini unutilmas qilishda raqamli texnologiyalarning o'rni qanday? Turizm biznesi bu o'zgarishlarga qay darajada tayyor? Mutaxassislar suhbat davomida bu savollarga ham javob berishdi.

👉🏻 "Qulay hayot" podkastini tomosha qiling: https://youtu.be/t-BMgJVJp88?si=PB_hYK8bnPeD3S_m

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥8💯1
🟡 Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish – bir zumlik ish!

💰 Kredit olish, ishga joylashish yoki pensiya hujjatlari uchun mehnat daftarchangizdan ko‘chirma kerakmi?

📱 Uni my.gov.uz orqali olish juda oson va sodda!

👉 Buning uchun bosh sahifadan "Bandlik va mehnat" bo‘limiga o‘tib, "Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish" xizmatini tanlang.

📁 Xizmat tavsifi bilan tanishib chiqqach, foydalanishni boshlang.

🪪 Arizani to‘ldirishda shaxsiy identifikatsion raqamingiz avtomat aks etadi. Siz faqat ma’lumotni qaysi tilda olishni ko‘rsatib, arifmetik amal javobini kiriting.

❗️ Foydalanish tugmasini bosgan zahotingiz, ish tajribangiz haqidagi barcha ma’lumotlar shakllanadi. Va siz uni istalgan paytda, kerakli tashkilotga taqdim etish uchun yuklab olishingiz mumkin.

🌐 My.gov.uz bilan barchasi oson, tez va qulay!

▶️ https://youtu.be/IpMKxyevJ_M

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏8🎉1💯1
❗️Ishsizlik davrida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lganlar endi davlat yordamini olishda ortiqcha ovoragarchiliklarni unutsalar ham bo‘ladi!

📱Chunki ular my.gov.uz orqali ishsizlik nafaqasini rasmiylashtirishga uydan chiqmagan holda ariza topshirishlari mumkin.

👨‍💻Shunda sizning mehnat stajingiz va Bandlik markaziga murojaatingiz bo‘yicha faktlar tizim tomonidan avtomatik ravishda tekshiriladi. Va bu shaffoflikni ta’minlaydi.

🔵Muhimi, endi qog‘oz hujjatlarni yig‘ish uchun yugurmaysiz! Ko‘p ma’lumotlar allaqachon tizimda bor. Siz faqat arizani tasdiqlaysiz xalos.

💻My.gov.uz orqali ijtimoiy himoyangizni oson ta’minlab, e’tiboringizni hayotiy vaziyatingizni o‘nglashga qarating.

▶️https://youtube.com/shorts/IJ7yPEkoeKo

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36👏4🔥2🤩1🐳1
❗️Тем, кто нуждается в финансовой поддержке в период безработицы, больше не нужно сталкиваться с лишними хлопотами при получении государственной помощи!

📱Теперь они могут подать заявление на оформление пособия по безработице через my.gov.uz, не выходя из дома.

👨‍💻 В этом случае система автоматически проверит ваш трудовой стаж и сведения о вашем обращении в Центр занятости. Это обеспечивает прозрачность процесса.

🔵 Главное - больше не нужно бегать и собирать бумажные документы! Большая часть данных уже есть в системе. Вам остаётся только подтвердить заявление.

📱 Обеспечьте свою социальную защиту легко через my.gov.uz и сосредоточьтесь на решении жизненных вопросов.

▶️https://youtube.com/shorts/IJ7yPEkoeKo

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29💯1
🗣Farzandingiz chet tilini biladimi? Buni rasman tasdiqlashni xohlaysizmi?

❗️ Endi 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham chet tilini bilish darajasini aniqlash testlarida qatnashishga onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi.

📱 Bunda farzand uchun ota-onasi my.gov.uz orqali ariza yuborishi mumkin.

🟡 Hammasi oson — hujjat yig‘ish, navbat kutish yo‘q!

Ro‘yxatdan o‘tishda o‘zingizga qulay hududni tanlaysiz — va farzandingiz aynan o‘sha yerda testdan o‘tadi.

📱Qaysi tillardan test topshiriladi, ariza berish muddati va sanalar — barchasi my.gov.uzda aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

👨‍💻 Farzandingiz kelajagi uchun birinchi qadam — onlayn ariza bilan boshlanadi!

Imtihonda ularga omad tilaymiz! Bu yangilikni boshqalarga ham ulashing!

👉 Bizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun obuna bo‘lishni unutmang!

▶️ https://youtube.com/shorts/D4b9IIewFAo?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34👌6👏3🎉2🐳2
📣E’lon!

⚙️ Soliq organlarining elektron xizmatlari sifatini oshirish va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida profilaktik ishlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

📱 Shu sabab joriy yilning 22-noyabr kuni soat 01:00 dan 24-noyabr kuni soat 06:00 gacha my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi ayrim elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🔥5👌3🎉1🤩1
❗️ Ish staji va mehnat daftarchasi ma’lumotlari pensiya hisobi uchun muhim!

💬 Pensiyaga chiqish arafasidamisiz?
Endi arxivlarni titkilab, navbatda turmang! My.gov.uz xizmatlaridan foydalanib, o‘zingizga kerakli ma’lumotlarni oling.

Masalan, mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish, ish joylaringiz xronologiyasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish, Ish haqi va staj bo‘yicha arxiv ma’lumotnomasi olish!

Bu ma’lumotlar Yagona elektron bazadan olingani bois Pensiya fondi uchun 100% asos bo‘la oladi. Hech qanday xatolik yoki chalkashlik yo‘q.

📱My.gov.uz —  ish haqi va stajingiz, mehnat faoliyati bo‘yicha ma’lumotlaringiz to‘g‘risidagi hujjat va ma’lumotlarni tez, oson va rasmiy olishning eng qulay yo‘li. Hoziroq tekshirib ko‘ring!

▶️https://youtube.com/shorts/L-U_T2JSHJY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👏1🎉1👌1
🗣 Ваш ребёнок знает иностранный язык? Хотите подтвердить это официально?

❗️Теперь появилась возможность подать онлайн-заявку на участие в тестах по определению уровня владения иностранным языком даже для детей младше 16 лет.

📱В этом случае родители могут подать заявку для своего ребёнка через портал my.gov.uz.

🟡 Всё просто — никаких сборов документов и очередей!

При регистрации вы выбираете удобный регион — и ваш ребёнок проходит тест именно там.

📱 Какие языки доступны для тестирования, сроки подачи заявок и даты — всё это будет чётко указано на my.gov.uz.

👨‍💻 Первый шаг к будущему вашего ребёнка — начинается с онлайн-заявки!

Желаем удачи на экзаменах! Поделитесь этой новостью с другими!

👉 Чтобы не потерять нас, не забудьте подписаться!

▶️ https://youtube.com/shorts/D4b9IIewFAo?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🤩7🔥4👏1👌1
2025/11/25 02:31:33
Back to Top
HTML Embed Code: